|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universitetiBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIomillarining roli
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham
ikki tomoni borligini ko’rsatadi.
3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birikishi asosan korxonalarda
amalga oshiriladi. Bunday korxonalar sonining o’sishi ayni paytda iqtisodiyotdagi
tovar va xizmatlar turlari va hajmining o’sishidan darak beradi.
Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarish bir-biridan
mustaqil, ajralgan holda amalga oshadiganga o’xshab ko’rinadi. Ammo xilma-xil
tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual mablag’larning harakatlari bir-
biri bilan qo’shilib, o’ralib-chatishib ketadi. Chunki alohida olingan individual ishlab
chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag’lar, mahsulotlarning harakati o’zaro
bog’langandir. Shu sababli, individual mehnatlar harakatining qo’shilib ketishi, butun
ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini
bildiradi. Demak,
ijtimoiy ishlab chiqarish o’zaro bog’langan va aloqada bo’lgan
barcha individual ishlab chiqarishlarning yig’indisidir.
Har bir individual ishlab
chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir
bo’lagidir.
Yaratilgan tovar va xizmatlar
Naflilikni yaratishda
qatnashadi
Qiymatning tashkil topishida
qatnashadi
Yer
Kapital
Ishchi
kuchi
M
еhnat
Aniq m
еhnat bilan
o’tkazilgan ishlab
chiqarish vositalari
qiymati
Abstrakt
m
еhnat bilan
yaratilgan
yangi qiymat
38
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda
ko’p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo’lgan milliy mahsulot
|
| |