48
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, keyingi jalb
qilingan omil yoki xarajat
unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal qilavermaydi. Balki u
quyidagicha to’rt holat mavjud bo’lgan sharoitdagina amal qilishi mumkin:
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o’zgarmay faqat bir omil to’xtovsiz
oshirilganda;
2) fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga
jalb qilinmaganda;
3) omillar o’rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda;
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo’jasizlarcha, ko’r-ko’rona
amalga oshirilganda.
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday
qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to’laroq
qondirib borish
mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan,
iqtisodiy
resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda
tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan
miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab
olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi
sababli jamiyat
a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning
uchun jamiyatga qaysi
mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz
kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday
tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot
olishning aniqlangan eng
yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning
ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy resurslarning to’la
bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur.