47
qo’shimcha sarfining u keltiradigan samara bilan taqqoslash muhimdir. Bu so’nggi
qo’shilgan mahsulot ko’rsatkichi orqali ifodalanadi.
So’nggi qo’shilgan mahsulot – eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki
ishchi kuchi) evaziga o’sgan mahsulot hajmi.
«A» korxonada keyingi oyda boshqa ishlab
chiqarish omillari sarfi
o’zgarmagani holda, ishchi kuchi resurslarining soni 2
birlikka oshirilgan, ya’ni 12
birlikni tashkil etib, buning natijasida umumiy mahsulot 110 birlikka yetgan bo’lsin.
U holda, ishchi kuchi omilining so’nggi qo’shilgan mahsuloti 5 birlik (10/2)ni tashkil
etadi.
Har bir qo’shilgan omil evaziga olingan qo’shilgan mahsulot so’nggi
qo’shilgan omil unumdorligi deb aytiladi.
So’nggi qo’shilgan mahsulot (o’sgan)
miqdorini so’nggi qo’shilgan (o’sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo’lish
yo’li bilan qo’shilgan omil, ya’ni qo’shilgan kapital yoki qo’shilgan
ishchi kuchi
unumdorligi aniqlanadi, ya’ni:
К
М
КМ
yoki
I
Ì
ÊÌ
.
Bu tushunchalarni yana bir shartli misol yordamida quyidagi jadvalda yanada
aniqroq ifodalash mumkin (2.4-jadval).
YUqorida
aytilganidek, alohida olingan omil evaziga qo’shilgan
mahsulot
ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har
bir birligi evaziga qo’shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo’shilgan omil
unumdorligining
pasayishiga
qarab,
marjinalistik
yo’nalish
vakillari
unumdorlikning pasayib borishi qonuni
degan qonunni kashf qilishgan. Ularning
g’oyasi bo’yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki
omil oldingisiga qaraganda
kam samara beradi va oqibatda umumiy o’rtacha mahsulot ham pasayib ketadi.