46
bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko’paytirish mo’ljallangan mahsulot
hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini
beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar
sarfini birdaniga yoki
ularning ayrim turlarini ko’paytirish yo’li bilan mahsulot hajmini ko’paytirish
mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo’lgani holda ayrim omillar sarfini
oshirish yo’li bilan mahsulotni cheksiz ko’paytirib bo’lmaydi. Omillardan
foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil
o’lchanadi: umumiy mahsulot, o’rtacha mahsulot va so’nggi qo’shilgan mahsulot.