37
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o’rganish uning
mazmunini to’g’ri tushunish imkonini beradi
va turli xil chalkashliklar, munozarali
tortishuvlarga chek qo’yadi.
Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko’paymagan holda,
aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o’tkaziladi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to’liq
qatnashadi, qiymatning
tashkil
topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab
chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini yetishtirishda quyosh energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun
ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda
omil sifatida qatnashsada, lekin
qiymatning tashkil topishida, uning ko’payishida qatnashmaydi.
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil:
yer, kapital,
ishchi kuchi qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa mehnatning
o’zi qatnashadi. Bu holat 2.4-chizmada tushunarliroq tasvirlangan.
2.4-chizma
Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish