• Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi.
  • Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi.
  •  Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 
    Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun, eng avvalo, ishlab 
    chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq 
    hisoblanadi. 
    Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab 
    chiqarish omillari deyiladi.
    Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: 
    ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart. 
    Bundan ko’rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o’laroq, 
    o’z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi 
    unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri 
    hisoblangan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo’llanilmaganligi sababli, 
    ishlab chiqarish omili bo’la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada 
    kengroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz. 
    Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy 
    qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi.
    Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan 
    kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati 
    ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. 
    Mehnat qurollari
    deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat 
    predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. 
    Bularga mashinalar, stanoklar, 
    traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin.
    Mehnat predmetlari
    esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
    tayyorlanadigan narsalardir.
    Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat 
    predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda 
    uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo bo’lishi 
    mumkin.


    31 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish