|
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalariBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIUslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari
va aniq hadislaridir.
Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini
o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har
bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi.
Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi.
Dialektik usul
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda,
o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo’ladi;
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va
salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va
makonda o’rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha
rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat
jihatidan o’zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro kurashiga
rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul
mablag’lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o’zaro chambarchas
bog’liq hamda ziddiyatda bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi, ular doimo sifat va
miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo’ladi,
eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Ana shular
hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo’llashning qanchalik zarurligi
va muhimligi darhol namoyon bo’ladi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati
o’zgarishini o’rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib
bo’lmaydi, bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi.
|
| |