167
Akademik mobillik
– oliy ta’lim muassasasi talabalarining muayyan vaqt
mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy ta’lim
muassasasiga o‘qish maqsadida borishi;
Mobillik dasturi
– ikki yoki undan ortiq oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida
o‘zaro ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan akademik mobillik
dasturi;
Kreditlarni berish
– malaka yoki uning alohida qismlariga qo‘yilgan
talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba yoki boshqa
ta’lim oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni;
Kreditlarni ko‘chirish
– talabalarning akademik mobilligini ta’minlash
maqsadida bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo‘yicha olingan kreditlarni
boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va tan olish;
Kredit to‘plash
– ta’lim elementlarini o‘zlashtirish va boshqa yutuqlarga
erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini to‘plash;
Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi
– talaba tomonidan tanlangan
hamda unga ketma–ketlikda bilimlar to‘plash va xohlagan kompetensiyalar
yig‘indisiga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan yo‘nalish (marshrut). Ta’lim
trayektoriyasi institutsional hujjatlar va yo‘riqnomalar yordamida tuzilishi hamda
turli ta’lim trayektoriyalari natijada bir xil malaka olishga olib kelishi mumkin;