O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

tarbiyamiz 
bilan 
chambarchas bog‘liq.
Shavkat Mirziyoyev
SO‘Z BOSHI 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa, sanoat sohasida ishlab 
chiqarish turlarining ko‘payishi va ishlab chiqarishga yangi, zamonaviy 
texnologiyalarning kirib kelishi ushbu soha mutaxassislaridan yuqori malaka, bilim 
va ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimida xususan oliy 
ta’limda tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar o‘z kasblarini chuqur 
o‘zlashtirishlari, zamonaviy texnologiyalardan xabardaor, raqobatga chidamli 
hamda nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlarini talab 
etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oliy ta’lim 
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5847-sonli Farmonida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil 
fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim 
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini 
rivojlantirish maqsadida belgilangan ustuvor vazifalar qatorida “Oliy ta’lim 
muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga 
o‘tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini 
joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan 
ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga 
bosqichma-bosqich o‘tish, oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga 
ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga 
munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori 



malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish” kabi masalalar ham 
ta’kidlangan
1
.
Yuqoridagi belgilangan vazifalar barcha tarmoqlar qatorida mamlakatimiz 
kimyo sanoatini ham yuqori malakaga ega bo‘lgan kimyogar-muhandislar bilan 
ta’minlash lozimligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida mutaxassislar tayyorlash 
tizimini modernizatsiyalash, xususan, oliy ta’lim tizimida kimyoviy texnologiya 
yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavriat bosqichidagi talabalarga 
maxsus (ixtisoslik) fanlardan yuqori bilim bera oladigan mutaxassis kadrlar 
tayyorlash vazifasini qo‘yadi. Bu vazifa o‘z-o‘zidan oliy ta’limning magistratura 
bosqichida amalga oshiriladi. 
Magistratura bosqichida talabalarning keyinchalik pedagogik yoki ilmiy 
tadqiqot faoliyatlarini samarali tashkil etishlari uchun yo‘nalishning o‘quv rejasi 
“Umummetodologik fanlar” blokiga kiruvchi “Maxsus fanlarni o‘qitish 
metodikasi” fanini yaxshi o‘zlashtirishlari lozim bo‘ladi. Chunki magistr ushbu 
fanni o‘zlashtirish asnosida o‘qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini
tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va 
axborot texnologiyalarini, ta’lim jarayonini tashkillashtirishning turli usul va 
shakllarini, jumladan ma’ruza o‘qishni, amaliy-seminar mashg‘ulotlarni 
o‘tkazishni, talabalar mustaqil bilim olishlarini tashkil etishni, ta’lim jarayonida 
texnik va axborot texnologiyasi vositalarini qo‘llashni o‘rganadi.
Shu jihatdan «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» fanidan 5A320401-
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) mutaxassisligi bo‘yicha 
ta’lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan mazkur darslik yuqorida takidlangan 
vazifalarni hal etishga qaratilgan harakatlardan biri bo‘lib, bu fanni mukammal 
egallagan talabalar – o‘quv me’yoriy hujjatlar, o‘qitish tamoyillari, usullari, 
shakllari, nazorat ishlarini o‘tkazish va bilimlarni baholash, o‘qitishni loyihalash 
kabi bilim va malakalarga ega bo‘ladilar. 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli Farmoni 



Darslikni tayyorlashda ta’lim tizimini rivojlantirishga oid oxirgi yillarda 
hukumatimiz tomonidan chiqarilgan buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar, yangilangan 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, o‘qitishning kredit-modul tizimiga oid 
ma’lumotlardan foydalanilgan.
Shu nuqtai nazardan darslikning tarkib-tuzilmasi va mazmun-mohiyati haqida 
bildirilgan fikr-mulohaza, taklif va tavsiyalarga muallif oldindan o‘z 
minnatdorchiligini bildiradi. 

Download 2,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish