O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

Germaniya oliy ta’limi. 
Germaniya Federativ Respublikasi 16 ta mustaqil 
Federativ hududlar (viloyatlar)dan iborat bo‘lib, har biri shakliga ko‘ra turlicha 
bo‘lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo‘lib, 
ular uchun ta’lim dasturiga tegishli bo‘lgan davlat ko‘rsatmalari mavjud. 
Germaniya ta’lim tizimi bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri oliy 
ma’lumot haqida diplom beruvchi oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish o‘quv 
muassasalaridir.
O‘quvchilar o‘rta ta’limning eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan gimnaziyada 
(Gymnasium) to‘qqiz yil 5-13 sinfgacha ta’lim oladi. Real maktabning 10-sinfini 
tamomlagan yoshlar esa gimnaziyada 3 yil o‘qiydi. Mazkur ta’lim dargohida 
gumanitar, tabiiy fanlar va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O‘quvchilar 11 sinfdan 
tanlagan yo‘nalishidan kelib chiqib, asosiy vaqtini bir necha fanni chuqur 
o‘rganishga sarflaydi. Gimnaziya - oliy ta’limga tayyorgarlikning hal qiluvchi 
bosqichi hisoblanadi.
Negaki, gimnaziyani tugatganlik to‘g‘risidagi yetuklik shahodatnomasi 
(Abitur) universitetga imtihonsiz kirish huquqini beradi. Ammo yetuklik 
shahodatnomasini olish oson emas. O‘quvchiga ushbu hujjatni berishda uning o‘n 
uch yil davomidagi natijalari hamda 4 fan bo‘yicha yakuniy imtihon baholari 


11 
inobatga olinadi. Bu malakatda oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘n uch yil yaxshi 
natija bilan o‘qish kerak. Ana shundan keyingina universitetga yo‘llar ochiladi.
Nemis pedagoglari iste’dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb hisoblashadi. 
Shunga ko‘ra, ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik 
va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!” 
deydi mashhur faylasuf Rene Dekart. Germaniya maktablarida ana shu naql oltin 
qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda o‘quvchining, xato 
bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa 
ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.
Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir 
yildan to‘rt yilgacha, doktorantura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Odatda, 
bakalavriat va magistratura talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni 
(Statspruefung) topshiradi va dissertatsiya himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun 
qishki yoki yozgi o‘quv mavsumini tanlash huquqiga ega. Yozgi mavsum aprel-
sentyabr, qishkisi esa oktyabr-mart oylarini o‘z ichiga oladi.
Germaniya Geydelberg, Kyoln, Frayburg, Tyuringen kabi qadimiy 
universitetlar vatani hisoblanadi. 1386 yilda asos solingan Geydelberg universiteti 
ko‘hna qit’aning eng nufuzli oliy ta’lim dargohlari ro‘yxatiga kiritilgan. O‘rta 
asrlardayoq ushbu universitetga kirish Yevropalik aslzodalarning orzusi bo‘lgan. 
Germaniyaning 
mo‘jazgina 
Geydelberg 
shahrida 
joylashgan 
mazkur 
universitetning nufuzi hozir ham baland. Bu yerdan Gegel, Yaspers kabi jahon 
tanigan olimlar, o‘nga yaqin Nobel mukofoti egalari yetishib chiqqan. Universitet 
yurisprudensiya, biologiya, kimyo, tibbiyot yo‘nalishlarida kuchli kadrlar 
tayyorlaydi. Bu yerda o‘qiydigan 25 ming talabaning 12 foizi xorijliklardir.
Myunxendagi Lyudvig-Maksimillian universiteti Yevropani tibbiyot bo‘yicha 
yetuk mutaxassislar bilan ta’minlaydi. Besh asrlik tarixga ega bo‘lgan ta’lim 
maskanida ayni paytda 44 ming talaba tahsil oladi.
Kasbiy oliy maktablar yoki institutlar Germaniya ta’lim tizimining o‘ziga xos 
bo‘g‘ini sifatida muhandis, iqtisodchi, dizayner, mashinasozlik, ishlab chiqarish, 


12 
axborot texnologiyalari va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida mutaxassislar yetkazib 
beradi.
Axen, Bremen, Bonn, Frankfurt, Gamburg, Kyoln, Marburg kabi 
universitetlarga ham talabgorlar ko‘p. Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning 370 
dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida 2 millionga yaqin talaba, jumladan, 246 ming 
xorijlik tahsil olmoqda.
Germaniyada ilmiy-tadqiqotlar universitetlar va ilmiy tashkilotlar hamda 
korporativ tadqiqot markazlarida olib boriladi. Universitetlardagi ilmiy tadqiqotlar 
federal byudjet, FE byudjeti tomonidan va tashkilotlar ajratgan mablag‘lar 
hisobidan moliyalashtiriladi. Germaniyada ilmiy-tadqiqotlar shuningdek, 4 ta yirik 
ilmiy tashkilotlarda olib boriladi. Bular Maks Plank jamiyati, Gelmgolts jamiyati, 
Fraungofer jamiyati va Leybnits jamiyatlaridir.
Xulosa shuki Germaniya maktablarida kompetentlikni shakllantirishda turli 
xil interaktiv metodlardan, masalan: fidbek, jamoali o‘qish, hamkorlikda o‘qitish, 
guruhli ishlash, intervyu, mustaqil o‘qish, men-sen-bu metodi, svetofor kabi 
ko‘plab metodlardan foydalanishadi.
Shu bilan birga, Germaniyada sirtqi va masofaviy ta’lim haqida ma’lumotlar 
va ularning qiyosiy tahlili mavjudligi, tyutor, muallif, maslahatchi rollarini 
mavjudligi, guruhlarda ishlanib, har bir guruh taqdimotining tinglanishi, qo‘llab-
quvvatlanishi; sifatni mustahkamlashga alohida e’tibor berilishi; o‘qituvchi va 
o‘quvchi o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatilganligi; ijodiy muhit yaratilganligi; 
korxonalarda o‘quvchilar uchun shartnoma asosida ishlash imkoniyati 
yaratilganligi; har bir o‘quvchiga tarqatma material kelgusi dars uchun berib 
yuborilishi; javob bera olmagan o‘quvchilarni ham o‘qituvchi xushmuomalalik 
bilan to‘g‘ri yo‘naltira olishi; ta’lim maqsadi individuallashganligi, Germaniyada 
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘ziga xos xususiyatga egaligi 
kabilar bilan ahamiyatlidir.

Download 2,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish