• 2.1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Nazorat savollari 
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy 
    Majlisga Murojaatnomasining mazmun va mohiyatini tushuntirib bering. 
    2. Yevropa mamlakatlari, Osiyo va Amerikaning qator davlatlaridagi ta’lim 
    tizimidagi islohotlarni malakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini qanday baholaysiz? 
    3. Yevropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni uyg‘unlashtirish jarayoni 
    deyilganda nimani tushunasiz? 
    4. Boloniya deklaratsiyasining eng muhim jihatlari nimalardan iborat? 
    5. ECTS tizimi haqida nimalarni bilasiz? 
    6. Nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari haqida qanday ma’lumotlarga 
    egasiz? 
    7. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabr kunidagi O‘RQ-637-
    son bilan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuning asosiy tushunchalarini 
    izohlang. 
     
     


    19 
    2-BOB. OLIY TA’LIM ME’YORIY HUJJATLARI 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, davlat 
    akkreditatsiyasi, davlat ta’lim muassasasi, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim 
    talablari, malaka, mutaxassislik, nodavlat ta’lim tashkiloti, tarbiya, ta’lim, ta’lim 
    kampusi, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi, 
    professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, dual ta’lim, inklyuziv 
    ta’lim, eksternat tartibidagi ta’lim, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, standart, Oliy 
    ta’limning davlat standarti, malaka talablari, “Vaqt me’yorlari”, kafedra o‘quv 
    yuklamasi. 
    2.1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
    Qonuni 
    Respublikamizda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish hozirgi kunning 
    dolzarb vazifalaridandir. Shu nuqtai nazardan ta’lim sohasidagi hozirga qadar 
    erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan holda mavjud muammolarni bartaraf etish va 
    rivojlangan mamlakatlar tajribalari asosida shakllantirishga qaratilgan qonunlar 
    qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabr 
    kunidagi O‘RQ-637-son bilan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni bunga 
    yaqqol misoldir. Ushbu qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga 
    qaratilgan bo‘lib, u 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat. Mazkur qonun jahon 
    standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni 
    tartibga solishning qamrovi kengligi va o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 
    1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonundan tubdan 
    farq qilishi bilan ahamiyatlidir.
    Qonunda ta’limga oid davlat akkreditatsiyasi, davlat ta’lim muassasasi, davlat 
    ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, malaka, mutaxassislik, nodavlat ta’lim 
    tashkiloti, tarbiya, ta’lim, ta’lim kampusi, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, 
    ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi kabi asosiy tushunchalarning mazmun va 
    mohiyatiga aniq ta’riflar berilgan hamda ta’lim ustuvorligining tan olinishi, ta’lim 
    olish shaklini tanlash erkinligi, ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi, 
    ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi, ta’lim va tarbiyaga milliy 


    20 
    hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi, ta’lim va tarbiyaning 
    insonparvarlik, demokratik xususiyati, ta’limning uzluksizligi va izchilligi, o‘n bir 
    yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil 
    davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi, davlat ta’lim 
    standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
    ochiqligi, o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va 
    tabaqalashtirilganligi, insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi, jamiyatda 
    pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi, ta’lim tizimining 
    dunyoviy xususiyatga egaligi, bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning 
    rag‘batlantirilishi, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi, 
    ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar 
    etib belgilangan. 
    Shuningdek, qonunda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
    e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun 
    teng huquqlar kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan. 
    Mazkur qonuning 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish