O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

 
Qonuning 
uchinchi bobi
“Ta’lim tizimini boshqarish” qaratilgan bo‘lib, unda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 


22 
inspeksiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining, ta’lim 
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining ta’lim tizimini boshqarishdagi vakolatlari belgilab berilgan. 
Qonuning 
to‘rtinchi bobi
“Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini 
amalga oshirish”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ta’lim tashkilotlarining huquqiy 
maqomi; ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish; nodavlat 
ta’lim tashkilotlari; ta’lim tashkilotining ustavi; ta’lim berish tili; davlat ta’lim 
standartlari va davlat ta’lim talablari; ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv 
dasturlarini joriy etish; ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat; 
ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi; ta’lim tashkilotlariga 
o‘qishga qabul qilish; davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish; 
ta’lim to‘g‘risidagi hujjat; ta’lim tashkilotlarining reytingi; ta’lim tizimidagi 
monitoring; ta’lim sohasidagi davlat nazorati kabi alohida moddalar asosida 
mamlakatimizda ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish 
tartiblari belgilab berilgan. 
Ushbu bobning 34-moddasida “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim 
talablari” va 35-moddasida esa “Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv 
dasturlarini joriy etish” keltirilgan bo‘lib, ularda davlat ta’lim standartlari umumiy 
o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid 
talablarni belgilaydi deb ta’kidlangan hamda ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va 
o‘quv dasturlarini joriy etishda ushbu hujjatlar tegishli ta’lim bosqichlarining 
maqsad hamda vazifalari asosida ishlab chiqilishi belgilab berilgan va quyidagi 
tartibda bayon etilgan: 
Tegishli davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va o‘quv 
dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan 
maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 


23 
Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol 
toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani 
shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli 
kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan. 
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi. 
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida 
ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan 
foydalanishi mumkin. 
O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning 
boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, 
ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar 
(modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar 
aks ettiriladi. 
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishga doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda 
tutiladi. 
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim 
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. 
Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga 
muvofiq mutaxassislik fanlaridan, shuningdek, umumkasbiy, matematika, tabiiy-
ilmiy, gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi. 
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va 
ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni 
kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 


24 
Qonunning 

Download 2,44 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish