O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

O‘quv jarayoni jadvalida
ta’lim yo‘nalishining to‘liq o‘quv davri 
mobaynida haftalar kesimida amalga oshirilishi nazarda tutilgan nazariy va amaliy 


34 
ta’lim, malakaviy amaliyot, attestatsiya jarayonlari, ta’til va kredit-modul tizimiga 
kirish muddatlari aniq belgilab qo‘yilgan (2.1-rasm).
2.1-rasm 
O‘quv reja hajmi keng qamrovli bo‘lib, unda-fanning malakaviy kodi; o‘quv 
bloklari, fanlari va faoliyat turlarining nomlari; soatlar asosida taqsimlangan 
talabaning o‘quv yuklamasi; talaba o‘quv yuklamasi uchun ajratilgan soatlarning 
kurs, semestr va haftalar bo‘yicha taqsimoti hamda kreditning kurs, semestr va 
haftalar bo‘yicha taqsimotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Agar o‘quv rejani 
yo‘nalishda o‘qitilishi rejalashtirilgan maxsus (ixtisoslik) fanlari nuqtai nazardan 
tahlil etilsa, ushbu fanlar 3.00 raqamli tartibda SPES malakaviy kodi asosida 
“Ixtisoslik fanlari” bloki tarkibiga kiritilganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Shuningdek, ushbu blokda fanlar uchun ajratilgan umumiy yuklama hajmi 1620 
soat yoki 54 kretidni, har bir ixtisoslik fani uchun esa 180 soat yoki 6 kredit tashkil 
etishi belgilangan. Hisoblashlarda 30 akademik soat 1 kreditga tengligi inobatga 
olingan (2.2-rasm). 
2.2-rasm 


35 
Shuningdek, o‘quv rejada izoh sifatida quyidagilar keltirilgan: 
1. Bir kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi. 
2. Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari qo‘shimcha fanlar blokining soatlari 
hisobiga, harbiy yig‘in esa ta’til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Harbiy tayyorgarlik 
mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydigan hollarda mehnat bozori va kadrlar 
buyurtmachilarining 
talablariga 
moslashuvchanligi 
va 
harakatchanligini 
ta’minlovchi fanlar OTM Kengashi qarori bilan belgilanadi. 
3. O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejani tuzishda talabalar o‘quv 
yuklamasining haftalik o‘rtacha hajmini saqlab qolgan holda o‘quv fanlari bloki 
hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish 
hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim 
semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin. 
4. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini 
himoya qilish ham kiradi. 


36 
5. O‘quv rejaga kiritilgan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va 
laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda 
o‘tkaziladi. 
6. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy 
amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish