29
-
standartning texnologikligi uning bajarilishini nazorat
qilish hamda uning me’yorlari va talablari buzilishining oldini olish
imkoniyati;
-
standartlarga tajribada tekshiruvdan o‘tgan ta’lim
faoliyatining ilg‘or me’yorlarini kiritish;
-
davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi davlat
standartlash tizimi qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak.
Davlat ta’lim standarti oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashida idoraviy
bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 yanvarda
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida” 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish haqida 3-sonli Qarori qabul qilingan. Ta’lim sohasi uchun davlat ta’lim
standartlari kamida 5 yil amalda bo‘ladi.