43
o‘quv dasturlarini joriy etish» ga bagishlangan 35-moddasida “O‘quv rejalari va
o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida
ishlab chiqilishi, ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish
chog‘ida ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish
texnologiyalaridan foydalanishi mumkinligi hamda o‘quv rejasida, qoida
tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va
davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda
attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga
ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi” deb
ta’kidlangan.
Yuqoridagi qo‘yilgan vazifalarda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida
o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazilishi nazarda
tutilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ushbu tizimga oid xorijiy tajribalarni chuqur
o‘rganishni talab etadi.