38
yaratish va ta’lim xizmatlari turlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek,
ishlab chiqilgan Tartibning 3-qismida fan dasturlarining mazmuni, yaratilishi,
takomillashtirish tamoyillari
va tasdiqqa kiritish mezonlari, belgilab berilgan va
17-bandida fan dasturida yoritilishi lozim bo‘lgan asosiy shartlar keltirilgan va ular
quyidagilardan iboratligi qayd etilgan:
-
kirish;
-
maqsadi va vazifalari;
-
fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga erishilishiga qo‘yiladigan
talablar;
-
fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va
uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi;
-
fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni;
-
fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalar (fanning o‘quv mashg‘ulotlari loyihalari);
-
asosiy qism (ma’ruzalar);
-
amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarning mavzulari;
-
mustaqil ta’lim mazmuni;
-
barqaror rivojlanish ta’limi mohiyatini singdirish;
-
kurs ishi (loyiha), chizma-hisoblar va ularni bajarilishi bo‘yicha
uslubiy ko‘rsatmalar;
-
asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar (vazirlik
huzuridagi
Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan grif berilgan yoki OTM ilmiy
kengashi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari asosiy adabiyot
hisoblanishi) hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yhati.
O‘quv rejasi va fan dasturiga asosan tuzilgan taqvim-mavzuiy rejasi bo‘yicha,
hamda ajratilgan soatlarni e’tiborga olgan holda, har bir talabani semestr davomida
necha marta nazorat qilish imkoniyatidan kelib chiqib, nazorat va so‘rov
turlari
aniqlab chiqiladi va ma’lum bir fan bo‘yicha baholash ballarini taqsimlanish
jadvali tuziladi.
39
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimiga o‘tishi
jarayonida ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasida fanning malakaviy kodi hamda
kreditning kurs, semestr va haftalar bo‘yicha taqsimotiga oid ma’lumotlar
keltirilganligi munasabati bilan fan dasturlarida ham ayrim o‘zgarishlar kiritish
zaruratini keltirib chiqaradi. Shuningdek, dasturda o‘qituvchi raxbarligidagi
talabaning mustaqil ishi va talabaning mustaqil ta’limini tashkil etishda masofaviy
ta’lim platformasidan foydalanishni nazarda tutuvchi omillar ham keltirilishi lozim
bo‘ladi.