• Magistratura mutaxassisligining malaka talablari
  • Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari
  • Ta’lim yo‘nalishi uchun malaka talablarida




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Ta’lim yo‘nalishi uchun malaka talablarida:
    1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasnifi;
    2. Qo‘llanish sohasi;
    3. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tasnifi;


    31 
    4. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga 
    qo‘yiladigan umumiy talablar;
    5. Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;
    6. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga 
    qo‘yiladigan malaka talablari;
    7. Ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va fan dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan 
    umumiy talablar;
    8. Ta’lim yo‘nalishi o‘quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan 
    umumiy talablar;
    9. Malakaviy amaliyotga qo‘yiladigan talablar;
    10. Ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi yuklama hajmi;
    11. Malaka talablarining amal qilish muddati kabilar o‘z aksini topadi.
    Magistratura mutaxassisligining malaka talablari
    . Oliy ta’limning malaka 
    talablari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash, o‘quv reja va 
    fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi 
    hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
    Oliy ta’lim muassasasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar 
    tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda ushbu malaka talablari asosida tayyorlangan 
    o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
    Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari:
    - mazkur ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha fan, 
    texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan 
    dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun 
    mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari;
    - ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklarning o‘quv reja va fan dasturlarini 
    o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha 
    xodimlari va talabalari;
    - o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob 
    beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, 
    o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);


    32 
    - bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi 
    Davlat attestatsiya komissiyalari;
    - oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
    - oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli 
    Davlat organlari;
    - ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklardan birini ixtiyoriy tanlash 
    huquqiga ega bo‘lgan bakalavrlar, ota-onalar va boshqa manfaatdorlar.

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim yo‘nalishi uchun malaka talablarida

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish