30
- ta’lim yo‘nalishining o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha
o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va
talabalari;
- o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob
beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar,
o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari);
-bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi
Davlat attestatsiya komissiyalari;
- oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
-oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat
organlari;
-ta’lim yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan abiturientlar va
boshqa manfaatdorlar.
Muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining
turlari:
- ilmiy-tadqiqot;
- tashkiliy-boshqaruv;
- loyiha-izlanish;
- ishlab chiqarish, texnologik;
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida
pedagogik faoliyat;
- turli xizmatlar ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari,
kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy
faoliyat turlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.