25
Shu bilan birgalikda, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
haqida qoidalarda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish bu butun umr
davomida o‘qitishning markaziy tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda
o‘qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok
etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga olishi, shuningdek,
rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab
olishi bayon etilgan.
Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib,
unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar
uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni
ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari
bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil
etadi.
Xulosa sifatida e’tirof etish joizki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi mazkur qonun ta’lim
sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga o‘zining munosib xissasini
qo‘shadi.