21
professional ta’lim, o‘rta professional ta’lim, o‘rta maxsus professional ta’lim
darajalarni o‘z ichiga oladi deb ta’kidlangan va ushbu Qonun kuchga kirguniga
qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar ham o‘rta professional va o‘rta
maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonundan farqli ravishda qonunning “Ta’lim olish shakllari”
belgilab berilgan moddasida uning qamrovi kengaytirilgan va ularning har bir turi
alohida moddalar asosida mazmun va mohiyati tushuntirib ko‘rsatilgan. Qonunda
ta’lim olish shakllari quyidagilardan iboratligi belgilab qo‘yilgan:
Mazkur bobning 15-moddasida “Ta’lim olish shakllari” quyidagilardan iborat
ekanligi belgilangan:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlash.
Shuningdek, ushbu bobda masofaviy ta’lim; dual ta’lim; oilada ta’lim olish va
mustaqil ta’lim olish; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; inklyuziv
ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim hamda mudofaa, xavfsizlik va huquqni
muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash kabi ta’limni tashkil etishga
oid moddalar keltirilgan bo‘lib, qonunda ularing har birini maqsadi, tashkil etish
tartibi aniq yoritib berilgan.