davlat rahbari sohadagi  to‘rtta




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

 
davlat rahbari sohadagi 
to‘rtta
ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tdi: 
Birinchisi – oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish 
va kafedralar vakolatlarini kengaytirish. 
Ikkinchisi – o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish 
bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish. 


17 
Uchinchisi – oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan 
va innovatsiyani rivojlantirish. 
To‘rtinchisi – professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni 
kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin 
qisqartirish. 
Shuningdek, yig‘ilishda yuqoridagi vazifalarni samarali bajarish uchun oliy 
ta’lim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror 
qabul qilish vakolati berilishi ta’kidlandi.
Ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan mazkur hujjatlarning barchasida 
kadrlar tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirish, xususan, tizimga rivojlangan 
xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etish, sohaga innovatsiyalarni kiritish, xorijiy 
tajribalarni o‘zlashtirish, ijodiy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-fan va 
ishlab chiqarish uchligi o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirish bilan 
bog‘liq umumiy jihatlar mavjud. 
Yuqoridagi vazifalarni hal etish avvallo ta’lim tizimida o‘quvchi talabalarni 
rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim sohasidagi innovatsiyalar bilan doimiy 
tanishtirib borish bilan bog‘liq. Ta’lim muassaslari, xususan, oliy ta’lim 
pedagoglarida innovatsion faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishda jamoadagi 
psixologik muhit, jamoa a’zolarining jahon ta’lim yangiliklardan xabardorliklari 
muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 132 (2021 yil 
holatida) taga yetkazilgani, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 
klassifikatoriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, oliy ta’lim tizimida kechki va sirtqi 
ta’limning joriy etilishi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura 
mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotalarining oshganligi, Respublikamiz oliy ta’lim 
muassasalarida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim 
dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, O‘zbekiston 
Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, 
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika 
va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil 


18 
etilganligi, oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar 
sonining ortishi, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini ko‘tarilishi, 
so‘nggi yillarda oliy ta’lim jarayoniga AQSh, Yevropa va Osiyo hamda MDH 
mamlakatlaridan xorijlik yuqori malakali pedagog xodim va olimlar jalb etilganligi 
ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlarning samarali 
natijalari deb qarash mumkin. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish