O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

Janubiy Koreya oliy ta’limi. 
Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari kabi 
Janubiy Koreya ham konfutsiylik merosiga ega bo‘lgan holda, rasmiy ta’lim 
tizimining uzoq o‘tmishiga ega. Tadqiqotchilarning fikricha, Janubiy Koreyaning 


13 
iqtisodiyot va texnikada erishgan yutuqlari “inson resurslari”ga mohirlik bilan 
investitsiya kiritilishida deb hisoblaydilar. Ma’lumotli insonga bo‘lgan an’anaviy 
hurmat bilan qarash konfutsiylik vaqtidan boshlab hozirgi kunga qadar saqlangan.
Koreya Respublikasida yaxshi ma’lumotga ega bo‘lish har bir koreys 
fuqarosining muvaffaqiyatli karerasining qaror topishida hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. Shuning uchun ham oliy o‘quv yurtiga kirish yuqori darajali nufuzga egadir. 
Koreya davlat ma’muriy organlari bolaning ilk o‘qish davridan boshlab, oliy 
ta’limning so‘nggi yiligacha bo‘lgan davr davomida butun ta’lim tizimini aniq 
ravishda tartibga solib va boshqarib turadilar. 
Koreya Respublikasining ta’lim haqidagi Qonuni 1948 yilda qabul qilingan. 
Ushbu qonuniga muvofiq ta’lim va inson resurslarini rivojlantirish vazirligi milliy 
ta’lim dasturini nazorat qiladi va barchaning teng huquqlarda bilim egallashi uchun 
barcha sharoitlarni yaratib berish mas’uliyatini oladi. 
Janubiy Koreyada ta’lim tizimiga asos qilib an’anaviy g‘arb modeli tanlangan 
bo‘lib, unga ko‘ra quyi maktab 6 yil, o‘rta va oliy maktab 3 yildan, 4 yillik kollejda 
o‘qish asosida bakalavr unvoni hamda 2 yil o‘qishdan so‘ng magistr unvonini olish 
mumkin. Fan doktori bo‘lish uchun yana 3 yil vaqt sarflash lozim.
Mamlakatda 104 ta oliy o‘quv yurti bor, ularning 80 foizi xususiydir. Oliy 
maktabga 17 yoshda kirib, uni 19 yoshda tugatadilar. Maktablar u yoki bu 
talabaning qiziqishlariga va kelgusida uning kasbi uchun muvofiq keladigan 
ixtisoslashtirilgan bo‘limlarga bo‘linadi. Masalan, “ilmiy” oliy maktablar, xorijiy 
tillar va san’atshunoslik maktablari mavjud. Ularning barchasiga talaba kirish 
imtihonlarini muvafaaqiyatli topshirgach qabul qilinadi. Oliy maktablar umumiy 
va xususiy bo‘ladi. Bunday maktablar ma’lum bir mutaxassislik bermaydi, ular 
talabani kollejga kirishga tayyorlaydi. Ma’lum sabablarga ko‘ra kollejga kirish 
istagi bo‘lmagan talabalar uchun maxsus kasb-hunar bilim yurtlari mavjud. Ular 
texnologiya, agro yoki moliya sohalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. O‘rta maktabdan 
farqli ravishda oliy maktabda o‘qish majburiy hisoblanmaydi.
Eng yetakchi nufuzga ega bo‘lgan oliy o‘quv muassasalari qatorida Seul 
milliy universiteti, Korea Advanced Institude 43 of Science and Technology, 


14 
Pusan milliy universiteti, shuningdek, bir qator xususiy institutlar: Koreya 
universiteti, Pohang University of Science and Technology, Yonsei University, 
Sogang University, Hanyang University,Sungkyunkwan University va Ewha 
Womans University laridir.
1968 yilda qabul qilingan Milliy ta’lim har tiyasi koreys xalqi mentaliteti va 
vatanparvarligining o‘ziga xos tomonlarini, ayniqsa, yorqin ifoda etadi. har tiyaga 
muvofiq milliy ta’lim millatni jipslashtirishga, tarix va an’anlariga hurmat bilan 
qarashga, qadriyatlarni ulug‘lashga, millatni yanada kuchliroq qaror topishiga va 
umuman, xalqning farovonligini ta’minlashga yaqindan yordam beradi va asos 
bo‘lib xizmat qiladi.
Janubiy Koreyaning ta’lim bilan fanning integratsiyalashuvi sohasida olib 
borayotgan faoliyati ham tahsinga sazovor. Bu mamlakatda yagona ilmiytexnik va 
ta’lim siyosatini o‘tkazish uchun zamin yaratib beradi. Albatta, Koreya 
Respublikasi bu sohada yetakchi bo‘lmasa-da, o‘rnak olish mumkin. Koreyada 
yana bir narsa muhimki, mamlakat xorij tajribasidan keng foydalanadi, chet ellik 
olimlarni o‘ziga jalb etishga harakat qiladi. 

Download 2,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish