27
-
ta’limga
va uning pirovard natijalariga, ta’lim
oluvchilarning bilimi va kasbiy malakasi
darajasini vaqti-vaqti
bilan baholash tartibi va tartibotiga,
shuningdek, ta’lim
faoliyati
sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli
talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish;
-
xalqning boy ma’naviy merosi va umuminsoniy
qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
-
ta’limning barcha turlarida
ular mazmunini hamda olib
boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro
bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda
izchillikni ta’minlash;
-
o‘quv-tarbiya va ta’lim
jarayoniga, uzluksiz ta’lim
tizimining pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan
ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim
muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilar malakasiga
nisbatan me’yorlar
va talablarni belgilash;
-
ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis
tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va
akkreditatsiya qilishni joriy etish;
-
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan
va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
-
milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
Quyidagilar ta’limning standartlashtirish ob’yektlari hisoblanadi:
-
ta’lim
fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv yuklamasi
hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va
tayyorlash sifati;
28
-
talablar, me’yorlar
va qoidalar, pedagogik va axborot
texnologiyalari, ta’lim usullari va vositalari, shuningdek, ta’lim
tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va kategoriyalar;
-
ta’lim oluvchilar bilim darajasiga
va kasbiy malakasiga
tashxis qo‘yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati,
pedagog va ilmiy-pedagog xodimlar sifatini baholash.