9
qaratilgan sayi-harakatlar boshlab yuboriladi. Mazkur harakatlarning samarasi
o‘laroq, 1999 yilning 19 iyunida Italiyaning Boloniya shahrida 29
ta mamlakat
vakillari tomonidan Boloniya deklaratsiyasi imzolanadi. Boloniya deklaratsiyasi
imzolangandan so‘ng birinchi o‘n yillikdayoq unga a’zo davlatlar oliy ta’limida
keskin ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Boloniya deklaratsiyaning eng muhim jihatlaridan biri oliy ta’lim
muassasalarining yagona “kredit tizimi”dan foydalanish (ECTS) ga asoslanadi.
ECTS – European Credit Tranfer System, ya’ni «Yevropa
baholash kreditlari
tizimi»ni anglatadi. “Kredit” atamasi (ESTS-credit) – “sinovdan o‘tdi” ma’nosini
anglatib, talabaning o‘quv yurtida ma’lum bir kurs (modul)ni muvaffaqiyatli
yakunlaganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
ECTS tizimi Yevropa va umuman, Boloniya
jarayoni ishtirokchi-
mamlakatlari talabalariga katta afzalliklarni taqdim etadi. Masalan, talaba ta’lim
olayotgan universitetida egallagan akademik bilimlarini shu tizimga a’zo
mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida tan olinishini, ya’ni o‘ziga xos
“konvertatsiyasi”ni kafolatlaydi. Shu bilan birga, mazkur tizim a’zolariga
talabalarni boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini tiklash, ko‘chirish va
tugatish imkoniyatini beradi.
Boloniya tizimi bo‘yicha oliy malakali kadrlarni
tayyorlash ikki bosqichda
amalga oshiriladi. Bular odatda uch yildan kam bo‘lmagan davr mobaynida
bakalavrlar tayyorlash hamda bir-ikki yillik magistratura bosqichlaridir.
ECTS tizimi bo‘yicha talabalarning bir yilda to‘plashi lozim bo‘lgan kredit
miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili ikki semestrdan iborat bo‘ladi deb olsak,
talaba har semestrda 30 kredit to‘plab borishi lozim bo‘ladi. Bakalavriat dasturi 3-4
yillik bo‘lsa, talaba bakalavr darajasini qo‘lga kiritishi uchun jami 180-240 kredit,
1-2 yillik magistratura
dasturini tugallashi uchun esa, 60-120 kredit to‘plashi
majburiyat hisoblanadi.
Boloniya jarayoni asosini Yevropa Ittifoqi davlatlari yaratganiga qaramasdan,
bugungi kunda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlardan ikki barobar ko‘p
davlat bu jarayonga qo‘shilgan (48 mamlakat). Boloniya jarayoniga yana Yevropa
10
Ittifoqida bo‘lmagan Shveytsariya va Norvegiya, oltita Sharqiy hamkorlik
mamlakatlari (jumladan, Belarusiya 2015 yilda Boloniya
jarayoniga shartli qabul
qilingan), Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston qo‘shilgan.
2010 yilda Vengriya poytaxti Budapeshtda Qozog‘istonning Boloniya
deklaratsiyasiga qo‘shilishi haqida yakuniy qaror qabul qilingan. Qozog‘iston
Yevropa ta’lim tizimining to‘laqonli a’zosi sifatida tan olingan Markaziy
Osiyodagi ilk davlat hisoblanadi.
Boloniya jarayonida ishtirok etadigan a’zo davlatlar ta’lim vazirlari har 2-3
yilda bir marta o‘tgan davrda qilingan ishlar natijalarini ko‘rib chiqish,
muammolarni aniqlash va kelgusida qilinadigan ishlarni rejalashtirish bo‘yicha
yig‘ilish o‘tkazadilar.