16
Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities)
reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish
va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul
tizimiga o‘tkazish” belgilab berilgan. Shuningdek, 2030 yilga qadar respublikadagi
barcha oliy ta’lim muassasasining 85 foizi, jumladan, 2020/2021 o‘quv yilining
o‘zida 33 ta oliy ta’lim dargohini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib
o‘tilgan.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi
«Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida» PQ-4884-sonli qaroriga ilova sifatida “ta’lim-tarbiya va ilm-fan
sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi
berilgan bo‘lib, uning IV bandida “Oliy va professional ta’lim mazmunini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini
yo‘lga qo‘yish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari
bozorini kengaytirish” bo‘yicha bir necha topshiriq va vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu topshiriqlar tarkibida xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan
kadrlarni tayyorlash, professional ta’limning mazmuni va sifatini oshirish dasturini
ishlab chiqish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, kadrlar
salohiyatini mustahkamlash, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari
asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish kabi
masalalalarga alohida yondashilganligi mamlakatmizda ta’lim tizimini isloh qilish
borasida katta ishlar qilinayotganligidan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti raisligida 2021 yil 16 iyun kuni oliy
ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida