• 1.1. Dunyo oliy ta’limidagi innovatsiyalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

     
     
     



    1-BOB. OLIY TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, ta’lim, yosh avlod 
    tarbiyasi, dunyo oliy ta’limi

    oliy ta’lim, oliy ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar 
    klassifikatori, kechki ta’lim, sirtqi ta’lim, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 
    magistratura mutaxassisligi, Boloniya jarayoni, ECTS (Yevropa baholash 
    kreditlari tizimi), kredit-modul tizimi, Milliy ta’lim har tiyasi, horijiy ta’lim.
    1.1. Dunyo oliy ta’limidagi innovatsiyalar 
    Ta’limning sifati jamiyatni rivojlantiruvchi omil va harakatlantiruvchi kuch 
    hisoblanadi. Har bir mamlakatning yuksalishi, rivojlanishi o‘sha mamlakatdagi 
    ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liqdir. Bozor munosabatlari 
    sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga innovatsiya 
    yangiliklarni 
    muntazam 
    kiritish 
    orqali 
    mamlakatni 
    jahon 
    bozorida 
    raqobatbardoshligini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Ta’lim dunyoqarashni 
    shakllantirish, insonning turmush tarzini tanlashini kengaytirishga yordam beradi, 
    inson va jamiyat hayoti hamda faoliyatining turli jihatlariga ongli ravishda ta’sir 
    etishini ta’minlaydi.
    Agar dunyoning rivojlangan mamlakatlar tajribalariga nazar tashlansa ular 
    erishgan barcha yutuqlar zamirida inson omilini kuchaytirishga kuchli e’tibor, ular 
    salohiyatini muntazam oshirilishi, yosh kadrlarning professional tayyorgarligi 
    darajasi yuqoriligi, umuman, ta’lim sifatiga ustuvor vazifa sifatida qaralishi yotadi.
    O‘rta asrlarda Qadimgi Misr, Xitoy, Yunoniston va Rimda hukmdorlar ilm-
    fan, san’at va madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan va insoniyat 
    rivojlanishida nafaqat buyuk davr, balki bugungi kunda ham o‘rnak olsa arziydigan 
    natijalarga erishgan.
    Inson rivojlanishining yangi tarixi, chunonchi Yevropa davlatlari, AQSh, 
    Yaponiya, Singapur, Tayvan (Xitoy) va boshqa qator mamlakatlarning o‘z 
    farovonligi hamda rivojlanishiga ilmiy kashfiyotlar katta ta’sir ko‘rsatganidan 
    dalolat beruvchi tajribasidan saboq olsa bo‘ladi. Bu yutuqlar zamirida jamiyatda 



    ta’lim va ilm-fanga, shuningdek, ular asosida shakllanadigan madaniyat hamda 
    san’atga bo‘lgan e’tiborli munosabat yotadi.
    XXI asr arafasida jahon hamjamiyati inson sivilizatsiyasini shakllantirish, 
    mamlakatlar va alohida shaxsni rivojlantirishda ta’limning roli hamda vazifasini 
    tubdan qayta ko‘rib chiqa boshladi. Dastlab, ta’limni tubdan isloh qilish ilmiy-
    texnik inqilobning “ijtimoiy natijalari”dan biri sifatida ko‘rib chiqildi.
    Rivojlangan davlatlar o‘z oldiga tobora takomillashib borayotgan oliy 
    ta’limning umumiylikka aylantirish masalasini qo‘ydi. Ayrim mamlakatlarda 
    umumiy boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi g‘oyalari amalga oshirildi. Keyinchalik 
    uzluksiz ta’lim g‘oyasi jadal sur’atda rivojlantirildi. Jahon hamjamiyati asta sekin 
    eski “ta’lim bir umrga” g‘oyasini “ta’lim butun umr davomida” g‘oyasiga 
    almashtirmoqda. Bu yerda gap ta’limning qadr-qimmati, davlat, ijtimoiy, shaxsiy 
    ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish haqida bormoqda.
    Aholining keng qatlami uchun ta’limdan foydalanish imkoniyatini yaratib 
    bergan Yevropa mamlakatlari, Osiyo va Amerikaning qator davlatlarida ta’lim 
    tizimidagi islohotlar XX asrda ko‘plab sanoat hamda ilmiy-texnika sohasidagi 
    inqiloblarning asosiy sababiga aylangan. 
    Jahon tajribasidan turli tarmoqlardagi innovatsion yangiliklarni o‘rganish va 
    mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish uchun ham yuqori intellektual salohiyatga 
    ega mutaxassis-kadrlar kerak bo‘ladi. Bozor talablariga mos keladigan yuqori 
    intellektual salohiyatga ega bunday malakali mutaxassislarni tayyorlashda oliy 
    ta’lim yetakchi o‘rin tutadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 
    dekabr kunidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Biz o‘z oldimizga 
    mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni 
    qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, 
    Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni 
    yaratishimiz kerak.
     
    Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom 
    turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy 
    g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida 



    yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng 
    imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng 
    ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-
    umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi” deb aytilgan 
    so‘zlar bejiz emas. 
    Shu jihatdan qaralganda Respublikamiz ta’lim tizimi xususan oliy ta’lim 
    tizimini isloh qilish, uni takomillashtirish va sifat darajasini oshirish yo‘lida 
    ustuvor vazifalardan qilib, dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlar bilan tajriba 
    almashish, global ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etish, hamda o‘qituvchi va 
    talabalar oldida turgan sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishni belgilasa bo‘ladi. Ushbu 
    maqsadlarga erishishning samarali yo‘llaridan biri sifatida Boloniya jarayoni 
    tajribalarini o‘rganish, Germaniya, Fransiya, AQSh, Fillandiya, Shvetsiya
    Norvegiya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim 
    tizimidagi mintalitetimizga xos bo‘lgan jihatlaridan foydalanish muhim 
    hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan Yevropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni 
    uyg‘unlashtirish jarayoni va ayrim rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimiga oid 
    ma’lumotlarni kengroq o‘rganishimiz lozim deb hisoblaymiz. 

    Download 2,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish