33
8. O‘quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar;
9. Ilmiy faoliyatga qo‘yiladigan talablar;
10. Magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasidagi yuklama hajmi;
11. Magistratura asosiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish sifatini baholash;
12. Malaka talablarining amal qilish muddati o‘z aksini topadi.
2.4. O‘quv reja va o‘quv jadvali
O‘quv rejasi
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil
343-sonli “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiklash to‘g‘risida”gi
Qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim yo‘nalishi yoki
magistratura mutaxassisligi uchun o‘rnatilgan tartibda tayanch oliy ta’lim
muassasalarining tegishli kafedrasining yetuk professor-o‘qituvchilari
tomonidan,
shuningdek, turdosh oliy ta’lim muassasalarining shu soha bo‘yicha yuqori
malakali mutaxassislarini hamda kadrlarni buyurtmachilarini
jalb etgan holda
ishlab chiqiladigan normativ hujjat hisoblanadi.
O‘quv reja o‘quv jarayonini aniqlashtiradigan eng asosiy hujjat bo‘lib unda
bloklarning nomlari, o‘quv fanlarining nomlari, hajmi, fanlarning o‘qitish ketma-
ketligi, o‘tiladigan dars mashg‘ulotlarining (ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot,
laboratoriya) turlari, joriy attestatsiyalar,
malakaviy amaliyotlar, ta’tillar, davlat
attestatsiyalari va malakaviy bitiruv ishlarining himoyasi ko‘rsatiladi.
Masalan, 5320400-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) ta’lim
yo‘nalishi o‘quv rejasi 11.08.2020 yil Toshkent
kimyo texnologiya instituti
(tayanch oliy ta’lim muassasasi) rektori tomonidan tasdiqlangan va 14.08.2020 yil
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashida
ma’qullangan.
O‘quv reja 2 ta qismdan iborat bo‘lib, 1 qismida “I. O‘quv jarayoni jadvali”
va 2 qismida “II.O‘quv reja” keltirilgan.