45
ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha
barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama – kredit aniq hisoblab
boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan dasturi bo‘yicha
nimani qancha
o‘zlashtirganligini namoyon etadi.
Jahon amaliyotida Amerika Qo‘shma Shtatlari kredit tizimi (USCS),
Kreditlarning to‘plash va o‘tkazishning Britaniya tizim (SATS), Yevropa kredit
tizimi (ECTS), Universitet kreditlarini o‘tkazishning Osiyo - tinch okeani tizimi
(UCTS) eng keng tarqalgan tizimlar hisoblanadi.
ECTS (European Credit Transfer System yoki Yevropa Kredit Transfer
Tizimi) tizimi ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tizimda har bir
o‘quv faniga yuklama hajmidan, kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhimligidan
kelib chiqib kredit bali belgilanadi. Talaba har
bir fanni muvaffaqiyatli
o‘zlashtirgan taqdirda belgilangan kreditlarni oladi va bu kreditlar yig‘indisi unga
mos bo‘lgan bakalavr yoki magistrlik darajasini olishga imkon beradi.
ECTS – Yevropa Kredit Transfer Tizimiga 1989 yilda asos solingan bo‘lib,
ERASMUS/SOCRATES
dasturi
doirasida
joriy
qilingan
va
Yevropa
universitetlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan yagona tizimdir.
ECTS – o‘quv jarayonida talaba olgan bilimining bahosini bir davlatdan
(OTMdan) ikkinchi davlatga (OTMga) erkin ko‘chishini, erishilgan ko‘nikma va
malakasini erkin tan olinishini, pirovardida barchasini hisobga olib daraja (diplom)
olishini nazarda tutuvchi tizimdir. Ushbu tizimda ta’lim olishning barcha turlari
(kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) va o‘quv yuklamasining barcha ko‘rinishlari
(ma’ruza, amaliyot, laboratoriya v.h) uchun qo‘llanilishi mumkin.
ECTS tizimida 3 ta muhim tushuncha mavjud:
1. ECTS krediti.
2. Erishilgan bilim – (Learning outcomes) shaxsning o‘rganilayotgan fan
bo‘yicha erishgan bilimlari, uni amalda qo‘llay olishi, fanning mohiyatini tushuna
olishi, mushohada yurita olish darajasi va boshqalar.
3. Ish hajmi va turi – (Workload) ma’ruza, amaliyot,
mustaqil ish,
laboratoriya.
46
ECTS tizimida bir o‘quv yilida jami 60 kredit yig‘ish mumkin. Shundan 3
yillik bakalavr darajasini olishda 180 kredit, 2 yillik magistratura darajasini olishda
120 kredit olish ko‘zda tutiladi. 1 Kredit odatda 30 akademik soatga teng. Talaba
ta’lim olish davridagi 1 yil davomida o‘rtacha 1500/1800 akademik soatga teng
vaqt sarflaydi. 1 semestr davomidagi o‘rtacha haftalar soni ta’minan 15/16 tani
tashkil etadi.
Kredit-modul o‘qitish tizimi o‘quv jarayonining quyidagi shakllaridan tashkil
topadi:
- auditoriya mashg‘ulotlari – ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya
mashg‘ulotlari, o‘quv (klinik) amaliyoti;
- auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar – ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil
ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti,
kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, ta’lim oluvchilarning
ilmiy anjumanlarda
qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va boshqalar.
ECTS – xorijda o‘qish muddatlarini tan olishni osonlashtirishi, talabalarning
real yuklamasining yuqori darajadagi shaffofligi, zaruriy
islohotlar tasavvurlariga
yuqori darajada mosligi va individual o‘quv dasturlarini belgilashda katta
egiluvchanligi kabi bir qator afzalliklarga ega tizim (3.1-sxema).