Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga Kredit to‘plash
va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation
System – ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini
belgilaydi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash
vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga,
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, nodavlat va
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga
muvofiq amalga oshiriladi.
3. O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy
masalalariga oid ma’lumotlar, jumladan, ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik
mobillikni ta’minlash, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli
hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik
davrida talabaning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va boshqa
zarur hujjatlar namunalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Asosiy tushunchalar 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
GPA (Grade Point Average) – ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha
o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida
hisoblanadi:
GPA =
K
1
*U
1
+K
2
*U
2
+K
3
*U
3
…+K
n
*U
n
,
bunda:
K
1
+K
2
+K
3
…+K
n
49
K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U – har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho;