-bob. O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

4-bob. O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim 
sifatini ta’minlash 
11. O‘quv jarayoni o‘quv va nazorat tadbirlari majmuini o‘z ichiga oladi. 
O‘quv tadbirlarida barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlari, amaliyot va mustaqil 
ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi. Nazorat tadbirlari ta’lim oluvchilarning 
o‘quv rejasidagi tegishli fanlar bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishini va ularning 
natijalarini baholashni nazarda tutadi. 
12. O‘quv jarayoni talabalar, ish beruvchilar, o‘qituvchilar va ma’muriyat 
o‘rtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim 
standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish 
beruvchilar va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha 
manfaatdor tomonlar ta’lim dasturining yaratilishi va o‘zlashtirilishi bo‘yicha 
o‘tkaziladigan muhokamaga jalb etilishi mumkin. Bunday bahslarda talabalar 
vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin.
13. O‘quv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
namunaviy o‘quv rejasi va fanlar katalogini ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi 
asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, 
kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab 
chiqish hamda qo‘shimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish
mahalliy va xorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi 
bo‘yicha namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqish; 
fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish; 
o‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi 
yordamida o‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida 
har bir talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish; 
ishchi o‘quv rejalarini tuzish; 
o‘quv jarayoni jadvalini tuzish; 
akademik guruhlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish. 
14. Semestr davomida talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlar 
miqdori o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. 


53 
Majburiy fanlar tarkibi va ularni o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori 
tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Tanlov fanlari tarkibi va 
ularni o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan 
mustaqil belgilanadi. Talabalar shaxsiy ta’lim trayektoriyasida belgilangan tanlov 
fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin. 
15. O‘quv yili davomiyligi 36 haftagacha bo‘lib, shundan 30 haftasi akademik 
davrga, 2 haftasi fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tishga, 4 haftasi 
attestatsiyalarga ajratiladi. O‘quv yili davomiyligi o‘quv jarayoni jadvaliga 
muvofiq oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan o‘zgacha tartibda 
belgilanishi mumkin. 
Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soatlik o‘quv 
yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun 
ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi 
bakalavriatda – 40-50% auditoriya soati, 50-60% mustaqil ish soatiga
magistraturada – 30%-40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga 
(malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi. 
Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi 
kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof 
tarzda joylashtiriladi. 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba 
odatda bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi. 
Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi 
o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba 
o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 
kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy 
o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart. 
Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lganda 180 kredit, 
o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada 
o‘qish muddati kamida 1 yil bo‘lganda 60 kredit, o‘qish muddati kamida 2 yil 
bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi. 


54 
16. O‘quv jarayonining monitoringi ta’lim olishning belgilangan natijalariga 
erishish, nominal mehnat hajmi hamda ularning haqqoniyligi va mosligini 
baholash maqsadida o‘tkaziladi. 
17. Ta’lim sifati samaradorligini ta’minlash oliy ta’lim muassasasi tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
bakalavriat 
ta’lim 
yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklari ta’lim dasturining vakolatli tashkilotlar tavsifnomalari va 
talablariga moslikni ta’minlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobatni 
shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan 
talabalarga fan doirasida professor-o‘qituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. 
Bunda talabalar ta’limni boshqarish axborot tizimi portali orqali o‘quv semestri 
boshida 1 hafta muddat davomida o‘zi tanlagan professor-o‘qituvchining 
mashg‘ulotida qatnashish uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. 
18. Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik 
qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy ta’lim muassasasi tomonidan 
odatda ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi. 
Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va kurslar bo‘yicha belgilanadi. 
Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi: 
talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasasi o‘quv-
metodik bo‘limi (boshqarmasi)ga o‘zining yozgi semestrda o‘qishi istagini 
bildiradi; 
oliy ta’lim muassasasi ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini 
tuzadi va talaba to‘lov pulini to‘laganidan so‘ng darslarga kiritiladi
yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof 
baholash tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi. 
Yozgi semestrga jalb qilingan professor-o‘qituvchilarga soatbay asosida ish 
haqi to‘lanadi. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish