56
tan olinadi. Talaba jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasiga qaytib kelgach, mobillik
davrida to‘plangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan holda amaldagi tartib-
qoidalar asosida uni keyingi kursga o‘tkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi.
24. Oliy ta’lim muassasasi akademik mobillik dasturi bo‘yicha rejalashtirilgan
ta’lim elementlarini o‘zlashtirish uchun talabani belgilangan shakl asosida
ro‘yxatdan o‘tkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni o‘zlashtirish
imkoniyatlari ta’minlanishi majburiyatini oladi.
25. Hamkor universitetlar, markazlar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab
chiqilgan ta’lim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun ta’lim to‘g‘risidagi
kelishuvlarni tuzish zarur hisoblanmaydi.
26. Ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida
talabaning bilim darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar oliy ta’lim muassasalarining
baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali asosida
qabul qilinadi.
27. Stajirovkani o‘tash bo‘yicha kelishuv talaba, oliy ta’lim muassasasi va
qabul qiluvchi tashkilot tomonidan uch tomonlama imzolanadi.
28. Stajirovka davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarning
oshkoraligini ta’minlash va ularni tasdiqlash maqsadida qabul qiluvchi muassasa
tomonidan stajirovkani o‘taganlik to‘g‘risida sertifikat beriladi.