• 7-bob. Kredit-modul tizimida ro‘yxatga olish xizmatini tashkil etish
  • -bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    6-bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish 
    29. Talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan qat’i nazar, 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
    belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi. 
    30. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy 
    baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan 
    ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi. 
    31. Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks 
    ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va 
    nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish 
    natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart. 


    57 
    32. Kreditlarni ko‘chirish oliy ta’lim muassasasida baholash tizimini boshqa 
    baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy ta’lim muassasasida 
    tuzilgan shunga o‘xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. 
    7-bob. Kredit-modul tizimida ro‘yxatga olish xizmatini tashkil etish 
    33. Ro‘yxatga olish xizmatlari ta’lim va talabalar bilimini baholash 
    jarayonlarini alohida yuritish, talabalar haqidagi akademik ma’lumotlarni elektron 
    tarzda avtomatik boshqarish hamda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish maqsadida 
    tashkil etiladi. 
    34. Ro‘yxatga olish xizmati talabaga tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha yuqori 
    darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarga erishishda yordam berishga qaratilgan 
    bo‘lib, quyidagi funksiyalarni qamrab oladi: 
    o‘quv jarayoni jadvalini tuzish va u o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish
    talabalarning fanlarga ro‘yxatdan o‘tishini nazorat qilish; 
    akademik guruhlarni shakllantirish; 
    oraliq, yakuniy baholashlar va yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazilishini 
    nazorat qilish; 
    ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish; 
    ta’lim olayotgan talabalarning ma’lumotlarini arxivga qadar saqlash; 
    transkript formalarini shakllantirish va talabalarning ma’lumotlarini kiritish; 
    talabalar kontingenti bo‘yicha statistikani yuritish. 
    35. Ro‘yxatga olish xizmatlari o‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) tarkibida 
    olib boriladi. Oliy ta’lim muassasalarida byudjet mablag‘lari doirasida yoki 
    ularning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari 
    mablag‘lar hisobidan ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etilishi 
    mumkin. 
    36. Ro‘yxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga 
    ro‘yxatdan o‘tkazadi va talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantiradi. 
    Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh 
    murabbiyi yordamida namunaviy o‘quv rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida 


    58 
    umumiy o‘qish davri uchun tuziladi. Shaxsiy ta’lim trayektoriyasiga har o‘quv 
    yilidan oldin o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
    37. Talabalarning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi asosida ro‘yxatga olish 
    xizmati akademik guruhlarni shakllantiradi va biron-bir fanga yozilish yetarli 
    bo‘lmagan taqdirda, shaxsiy ta’lim trayektoriyasini o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida 
    talabalarga xabar beradi. Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi shakllantirib 
    bo‘lingandan so‘ng ro‘yxatga olish xizmati dars jadvalini tuzish uchun oliy ta’lim 
    muassasasi o‘quv-metodik bo‘limi (boshqarmasi)ga akademik guruhlar to‘g‘risida 
    ma’lumot beradi. 
    38. Ro‘yxatga olish xizmati har bir talabani ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va 
    vaqtini belgilaydi (odatda, talaba tomonidan yetarli GPA ko‘rsatkichlarini 
    to‘plaganligi va kontrakt to‘lovlari amalga oshirilganligiga qarab). Birinchi kurs 
    talabalarini ro‘yxatdan o‘tkazish ular bilan akademik va kasbga yo‘naltirish 
    tadbirlari amalga oshirilganidan keyin boshlanadi. 
    39. Talabalar tanlagan fanlarini har semestrning dastlabki birinchi haftasi 
    ichida o‘zgartirishi mumkin. 
    40. Birinchi kurs talabalarini ro‘yxatga olish jarayoni quyidagi tartibda 
    amalga oshiriladi: 
    guruh murabbiyi ro‘yxatga olish xizmatidan biriktirilgan guruh talabalarining 
    login va parollarini oladi, talabaga ta’lim jarayonini tushuntiradi, ta’lim dasturi 
    bilan tanishtiradi, login va parol beradi hamda talaba portalidan foydalanishni 
    o‘rgatadi; 
    talaba professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha 
    tanishtiruv taqdimotlariga qatnashadi, majburiy va tanlov fanlari bilan tanishadi va 
    fanlarga ta’limni boshqarish tizimidagi talaba portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi; 
    talaba ta’limni boshqarish tizimidagi portali orqali dars jadvalini aniqlaydi va 
    darslarga qatnashadi. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish