O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

3.3. Registrator ofisi faoliyati 
Ta’limning kredit-modul tizimini “registrator ofis”siz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan kredit-modul tizimiga o‘tgan oliy ta’lim 
muassasalarida talabalarga xizmat ko‘rsatishning eng qulay hamda samarali 
mexanizmi – “registrator ofis”lar tashkil etilmoqda. 
Endilikda talaba har o‘quv yili va semestr boshida o‘z o‘quv dasturini 
shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmokda. Talabalar tanlov fanlariga ro‘yxatdan 
o‘tishi yoki ularni o‘zgartirishni, asosan onlayn tarzda amalga oshirsa-da, 
ma’lumotlarni onlayn qayd etish, ularni muvofiqlashtirib turuvchi tuzilmaga 
ehtiyoj tug‘iladi. Bundan tashqari, talaba muayyan fan bo‘yicha imtihondan 
yiqilib, uni qayta topshirishi yoki fanni qayta o‘qishiga to‘g‘ri kelsa, bunday 
murojaatlar kimga, qay tarzda beriladi degan savollar tug‘iladi. Va nihoyat talaba 
muayyan fandan olgan bahosidan norozi bo‘lib apellyatsiya huquqini amalga 
oshirmoqchi bo‘lsa, bunday murojaatlarni qabul qilish, qayd etish hamda 
yo‘naltiruvchi tuzilmaga zarurat paydo bo‘ladi. Bularning barchasi ma’lum 
ma’noda markazlashgan ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lish va ularni boshqarishni 
taqozo etadi. 
Rivojlangan davlatlar universitetlari amaliyotida bu kabi xizmatlarning 
aksariyati “registrator ofis” tomonidan amalga oshiriladi. “Registrar’s office” 
universitetdagi o‘ziga xos bo‘linma hisoblanib, u universitet talabalariga o‘qishga 
qabul qilingan kundan boshlab, o‘qishni bitirgunga qadar ta’lim jarayoni bilan 
bog‘liq barcha ma’muriy masalada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatuvchi 


62 
markazlashgan ma’muriy tuzilmadir. Ayrim oliy ta’lim muassasalarida ushbu 
tuzilmani yana “talabalar xizmati” (student services), “talabalar xizmati nuqtasi” 
(student service point) deb ham atashadi. 
“Registrator ofis”ni, boshqacha aytganda, oliy ta’lim muassasasini “yagona 
darchasi” deyish ham mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimiz hukumati tomonidan 
aholi bilan ishlashda “yagona darcha” amaliyoti qanchalik qulaylik va ijobiy 
natijalar olib kelayotgan bo‘lsa, oliy o‘quv yurtlarida ham “registrator ofis”ning 
tashkil etilishidan ham shunday natijalar kutish mumkin. Ya’ni ushbu tuzilma 
OTM asosiy xizmatlarini talabalarga bir joydan turib, tezkor, samarali va shaffof 
tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish