• 4.9. Bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning puxtaligi tamoyili
  • Bilim oluvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

     
    4.8. Bilim oluvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
    Psixologiyaga oid adabiyotlarda shaxsga – ijtimoiy va shaxslararo munosabat 
    mahsuli, ongli faoliyatning sub’yekti bo‘lmish individdir deb tariflanib, shaxsga 
    ta’lluqli bo‘lgan eng muhim xususiyatlar uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy 
    munosabatlariga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’yekt, 
    ham sub’yekt bo‘lishidir deb ta’kidlangan. Demak shaxs tashqi ijtimoiy ta’sirlarni 
    o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib, so‘ngra shu ta’sirlarning sub’yekti sifatida 
    faoliyat ko‘rsatadi. Demak dars davomida o‘qituvchi har bir talabaning qobiliyati, 
    layoqati, qiziqishlari, kasb-hunarga moyilliklari kabi shaxsiy xususiyatlarini 
    hisobga olishi hamda psixologik jihatdan kuzatib borishi o‘qitish samaradorligini 
    oshiradi.
    4.9. Bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning puxtaligi tamoyili 
    Nazariy ta’lim va ishlab chiqarish ta’limi jarayonida bilim oluvchilar 
    o‘zlarining bo‘lajak kasbiy faoliyatlari uchun kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va 


    74 
    malakalarni egallab boradilar. Bunga avvalgi mashg‘ulotlarda hosil qilingan bilim, 
    ko‘nikma va malakalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy bilimlarni egallash bilim 
    oluvchilarning xotirasi, mantiqiy tafakkuri, xilma-xil faoliyat turlaridagi ijobiy 
    faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi. Lekin hosil qiingan bilim, 
    ko‘nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini o‘zlashtirib olishda 
    asos bo‘lib xizmat qilishi uchun ular puxta o‘zlashtirilgan, yaxshi 
    mustahkamlangan bo‘lishi va bilim oluvchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanishi 
    kerak. Puxtalik tamoyilining talablari shulardan iborat bo‘lib, bularga rioya 
    qilmaslik bilim oluvchilarning o‘zlashtirmasligiga, o‘qishda orqada qolishga sabab 
    bo‘ladi. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilim oluvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish