• 5 -BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODLARI VA SHAKLLARI Tayanch so‘z va iboralar
  • 5.1. Ta’lim metodlari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    Nazorat savollari 
    1.
    Didaktikaga ta’rif bering 
    2.
    Didaktika qanday tamoyillarni o‘z ichiga oladi? 
    3.
    Faollik tamoyili mohiyatini tushuntiring 
    4.
    O‘qitishda nazariya bilan amaliyot bog‘liqligi tamoyiliga ta’rif bering 
    5.
    Didaktik tamoyillar ichida ko‘rgazmalilik tamoyili qaysi fanlarni 
    o‘qitishda yuqori samara beradi? 
    6.
    O‘qitishning tushunarli bo‘lish tamoyiliga tarif bering 
    7.
    Didaktik reduksiya tamoyili mazmunini tushuntiring. 


    76 
    5 -BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODLARI VA 
    SHAKLLARI 
    Tayanch so‘z va iboralar
    : metod, ta’lim, tarbiya, ta’lim metodlari, o‘quv 
    materialini og‘zaki bayon etish metodi, suhbat, muammoli ta’lim metodi, ta’lim 
    vositalari, o‘quv adabiyotlari, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar, o‘quv-texnik 
    vositalar, interfaol metodlar, grafikli organayzerlar, Klaster, «FSMU», B-B-B 
    chizmasi, T-chizma, Venn diagrammasi, Kontseptual jadval, Insert jadvali, “Nima 
    uchun” chizmasi, “Qanday?” diagrammasi, Baliq skeleti, Toifalash jadvali, 
    Nilufar guli. 
    5.1. Ta’lim metodlari 
    Ta’lim metodlarini o‘rganish uchun avvalo talaba ta’lim va metod 
    iboralarining qisqacha mazmuni va mohiyatini eslashlari lozim bo‘ladi. 
    O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabr kunidagi O‘RQ-637-son bilan 
    qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida «ta’lim – ta’lim oluvchilarga 
    chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek, 
    ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini 
    shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon» deb 
    ta’kidlangan. Qonunda berilgan tarifdan ko‘rinadiki, ta’lim keng qamrovga ega 
    tushuncha. 
    Metod iborasi (yunon. metods – usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning 
    har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. 
    Demak yuqoridagi iboralar mazmuni nuqtai nazardan qaralsa ta’lim metodlari 
    ta’lim oluvchilarda chuqur nazariy bilim, malaka, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, 
    shuningdek, ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini 
    shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayonni amalga 
    oshirishga qaratilgan usulllar majmusi deb qarash mumkin. 
    Agar pedagogika tarixiga nazar tashlansa ta’lim metodlarini tasniflash va 
    belgilashga bir xil yondashish mavjud emasligini anglash mumkin.


    77 
    Masalan, V.I.Zagvyazinskiy (1930-2021) fikricha, ta’lim metodi – zamonaviy 
    darajada o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan pedagog va 
    o‘quvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyat usullaridir.
    G.I.Shukina (1908-1994) fikricha, ta’lim metodlari – o‘quv jarayonining 
    murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining 
    barcha yo‘nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o‘rtasida ko‘p sonli aloqa va 
    bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi.
    I.F.Xarlamov (1920-2003) fikricha, ta’lim metodlari – o‘qituvchining 
    o‘rgatuvchanligi va o‘quvchilarning o‘quv materialini egallashga yo‘naltirilgan 
    turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o‘quv- bilish faoliyatlarini tashkil 
    etish usullari tushuniladi.
    Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon 
    bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti 
    hisoblanadi.
    Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z 
    navbatida kichik guruhlar, ularga kiruvchi alohida metodlarga bo‘linadi.
    O‘quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi, o‘quv axborotlarining uzatilishi, 
    qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o‘zlashtirilgan bilimlarning 
    amaliyotda 
    qo‘llanilishini 
    ta’minlash, 
    amaliy 
    ko‘nikma, 
    malakalarni 
    shakllantirishga xizmat qilishiga ko‘ra ta’lim metodlarini quyidagi guruhlarga 
    ajratish mumkin (1-rasm):
    TA'LIM METODLARI 
    Verbal (o’quv axborotlarini 
    so’z orqali uzatish va eshitish 
    orqali qabul qilish metodlari 
    yoki og’zaki metodlar – hikoya, 
    ma’ruza, suhbat va b.)
    O’quv axborotini ko’rgazmali 
    uzatish, ko’rish orqali qabul 
    qilish metodlari (ko’rgazmali 
    metodlar –tasviriy, namoyish 
    qilish va h.k.) 
    O’quv axborotini amaliy 
    harakatlar orqali uzatish (amaliy 
    metodlar – mashqlar, amaliy 
    tajribalar, mehnat faoliyati va b.)


    78 
    Biz quyida ta’lim metodlarining ayrim eng ko‘p tarqalgan turlari haqida 
    to‘xtalamiz. Bulardan biri 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish