O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

Elektron doska. 
Elektron doska talabalar guruhi bilan ishlaganda dastlabki 
bosqichlarda jarayonning samarali kechishini taminlab, o‘qi-tuvchiga, talabalar 
bilan individiual ishlashga dars vaqti resurslarini tejash va ular bilan jamoa bo‘lib 
ishlash imkonini beradi, bu albatta o‘quv samaradorligini oshirishga olib keladi.
Elektron doska o‘quv filmlar fragmentlari va turli namoyish materiallari 
orqali bevosita jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Elektron doskadan aniq 
ob’yektni kuzatish, ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, model 
yordamida aniq ob’yektning hodisa va jarayonlarini kuzatish imkonini beruvchi 
elektron o‘quv resurslaridan foydalanib namoyish etish maqsadga muvofiqdir. 
Elektron doskaning o‘quv jarayonini jadallashtirish, o‘rganuvchining aqliy 


94 
qobiliyatini rivojlantirishga mo‘ljallangan usullari, bilimlarni hosil qilish va ularni 
namoyish etish kabi sifatlari o‘quv jarayonining unumdorligini oshiradi va bu 
sifatlar: 
-
foydalanuvchi (talaba va o‘qituvchi) va dasturiy ta’minot (foydalanuvchi 
bilan elektron doska yordamida o‘zaro bog‘lanishni amalga oshiruvchi dasturiy 
ta’minot) kechiktirib bo‘lmaydigan o‘zaro teskari aloqada; 
-
o‘rganilayotgan 
ob’yektning, 
jarayonning 
o‘quv 
axborotlarini 
vizuallashtirishda; 
-
o‘rganilayotgan 
yoki 
tekshirilayotgan 
ob’yektlar, 
ularning 
munosabatlarini kompyuterli kuzatishda;
-
axborot-uslubiy ta’minot, o‘quv faoliyatini boshqarish va o‘zlashtirishni 
nazorat qilish jarayonlarini avtomatlashtirishda namoyon bo‘ladi. 
O‘quv jarayonida interfaol doskadan foydalanish bu jarayonni yanada 
qiziqarli va ko‘rsatmalilik bo‘lishiga olib keladi. 
Xuddi shuningdek, bu qurilma o‘qituvchiga oddiy doskani va ekranni, 
televizorga o‘xshagan, turli axborotlarni aks ettiruvchi bir “yuz”ga birlashtirishga 
imkon beradi. Kompyuter va proektorga ulangan g‘ayrioddiy doska video, 
slaydlar, sxemalar, formulalar va grafiklar, turli o‘lchamdagi yozuvlar va belgilar, 
matnlarni o‘zgartirish va boshqalarni ko‘rsatishga imkon beradi. 
Odatda o‘tilgan materiallarni talabalar tomonidan eslab qolinishi va axborotni 
takror ishlab chiqishi juda ko‘p omillar, turli shart- sharoitlar bilan bog‘liq. 
O‘qituvchi tomonidan yangi texnologiyalarning hamma imkoniyatlaridan 
samarali foydalanishi o‘quv jarayoninini kengaytirish, talabalarning yuqorida 
ko‘rilgan eslab qolish va axborotni qayta ishlab chiqishlari uchun yaratilgan 
muhim hayotiy jarayonlardan biridir. 

Download 2,44 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish