93
-
rangli diaflmlardan rang didaktik masalalarni hal qilishga
yordam bera olgan taqdirdagina foydalanish darkor;
-
qora oq tasvirdagi diapozitivlar seriyalarini komlektlashda
ularga rangli diapozitivlar kiritgan ma’qul.
Videoproektor
– o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy vositalardan
biri hisoblanadi. Videoproektordan foydalanish uchun kompyuter qurilmalari talab
etiladi. Oldindan tayyorlangan o‘quv materiallarini kompyuterga ulangan
videoproektor orqali maxsus ekranga taqdimot etish mumkin. Kompyuter
xotirasidagi yoki kompakt disk va oddiy disketadagi materiallarni videoproektor
orqali ta’lim oluvchilarga namoyish qilish mumkin. Videoproektor kodoskop kabi
ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Asosiy
qulayligi shundaki, taqdim etiladigan materiallarni kompyuterda ta’lim beruvchi
o‘zi tayyorlashi mumkin yoki professional darajada tayyorlangan elektron
darsliklardan foydalanish mumkin. O‘quv materiallari turli kompyuter dasturlari-
Word, Excel, RowerPoint, CorelDraw, FrontPage, Flash va shu kabi boshqa
dasturlaridan foydalanib tayyorlanishi mumkin.
Videoproektordan foydalanishdan oldin uning bexato ishlashini tekshirish
lozim. Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta’lim oluvchilarga qarab nutq
tezligiga e’tibor bergan holda gapirish kerak. Ta’lim oluvchilar bilan doim «ko‘z
aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta’lim oluvchilarga qarab gapirish lozim.