89
ta’sir qilish uchun ta’lim beruvchi tomonidan foydalaniladigan barcha materiallar
didaktik vositalar hisoblanadi. Bu o‘rinda muallif didaktik vositalarni ularning
mavjudlik holatiga ko‘ra quyidagi uch guruhga ajratadi:
1) o‘quv adabiyotlari (darsliklar, o‘quv va o‘quv-metodik vositalar va b.);
2) o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar chizmalar, plakatlar, sxemalar, instruktaj-
xaritalar, jadvallar va h.k.);
3) o‘quv-texnik vositalar (jihozlar, laboratoriya qurilmalari, asboblar,
harakatni ko‘rsatuvchi stendlar, kompyuter texnologiyalari, elektron o‘qitish,
masofaviy ta’lim, avtomatlashtirilgan tizimlar)
D.Fayzullaeva tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda ham o‘quv
vositalarini guruhlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu o‘rinda muallif ularni
quyidagi guruhlarga ajratadi:
1) o‘quv hujjatlari majmui – o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, istiqbolli mavzu
rejasi, tajriba-amaliy mashg‘ulot rejasi, texnologik har ita;
2) o‘quv-metodik vositalar majmui – modulli o‘quv axboroti, instruktaj – har
ita, ish daftari, kundalik daftar, topshiriqlar majmui;
3) ta’lim vositalari majmui – plakatlar, stendlar, o‘quv-ko‘rgazmali qurollar,
mashina va jihozlar, asbob va moslamalar, texnik vositalar
Ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan dastgohlar va agregatlar, asbob-
uskunalar, mashina va mexanizmlar nafaqat ishlab chiqarish vositalari sifatida,
balki birinchi navbatda ta’lim vositalari sanaladi
O‘quvchilarni o‘rganiladigan ob’yektlar, hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida
yaqqol tasavvurlar hosil qilish maqsadida ishlatiladigan vositalar