o‘quv materialini og‘zaki bayon etish




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

o‘quv materialini og‘zaki bayon etish
metodikasidir.
O‘quvchilarga so‘zlab berish, tushuntirish, ma’ruzani og‘zaki bayon etish 
orqali o‘quv materialini bildirish o‘quv materialini og‘zaki bayon etish metodlari 
hisoblanadi. Bu metodlarning hammasida ta’lim berishning faqat bir vositasidan – 
o‘qituvchi so‘zidan foydalaniladi.
So‘zlab berish o‘quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko‘zda tutadi. 
Bu metod o‘quv materiali, asosan, tavsifi har akterda bo‘lib, mantiqiy izchilligi 
bilan farq qiladigan hollarda qo‘llaniladi.
Tushuntirish o‘quv materialini og‘zaki bayon etishni ko‘zda tutadi. 
Tushuntirish jarayonida o‘qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduksiya, induktsiya, 
asoslash, qonuniyatlar chiqarish va shu kabilardan foydalaniladi. Bu metod asosan, 
xususiy va aniq ma’lumotlarni bildirishda qo‘llaniladi.
Ma’ruza 
– o‘quv jarayonining asosiy bo‘g‘ini, dars o‘tishning asosiy 
shakllaridan biridir. Ma’ruza bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish 
ko‘zda tutilgan, hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtirishning 
murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma’ruza (arabcha, leksiya, lotincha, lestio - 
o‘qish) o‘quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning mantiqiy izchil, ma’lum 
bir tizimga solingan bayonidir. Ma’ruzaga ikki nuqtai nazardan yondashish 
mumkin. Birinchidan, o‘quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida va ikkinchidan 
bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish metodi sifatida. Ma’ruza boshqa 
og‘zaki, so‘z orqali ifodalanadigan metodlardannisbatan qat’iy belgilangan tarkibi, 
o‘quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish, tasniflash, ta’rif berish, obrazli 
isbotlash, beriladigan axborot ko‘lamining kengligi, materialni yoritib berishning 
tizimliligi bilan ajralib turadi. 
Ma’ruza o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lishning alohida shakli va uni boshqa 
hech qanday o‘quv shakli bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ma’ruzaning oldiga 
qo‘yiladigan maqsad har xil bo‘lib, bu maqsadni maksimal darajada amalga 
oshirish uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Quyida ma’ruza 
o‘qitishning bir qator funksiyalari bilan tanishib chiqamiz. Ular quyidagilar: 


79 
-
professional ta’lim berish va o‘quvchilarda dunyoqarashni 
shakllantirish;
-
o‘quvchilar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish; 
-
ma’ruzada o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini o‘quv materialining 
asosiy mazmuni, qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi 
amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga 
uni o‘zlashtirish metodlariga qaratish; 
-
idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi, tinglovchilarda bilmaganini 
bilishga qiziqish uyg‘otish, mantiqiy fikrlash va o‘z fikrini asoslashga 
odatlantirish; 
-
bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot ega bo‘lish, 
olgan axboroti asosida xulosa chiqarish va umumlashtira olish 
ko‘nikmasini hosil qilish 
-
ma’ruza paytida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. 
Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishi, mehnatga 
munosabati, ijtimoiy - psixologik xislatlarni shakllantirish. 
-
Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma - ketlik asosida 
bayon etiladi. Uning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan 
maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari 
bilan uzviy bog‘liq.
-
Ma’ruza qanday fanni o‘qilishidan qat’iy nazar, ilmiy 
maktablarning asosiy g‘oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan 
bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur 
sharti auditoriya bilan faol muloqotga kirishishdir.
-
Ma’ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. 
Buning uchun birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo‘yicha adabiyotlar 
tanlash hamda ular bilan tanishib chiqish kerak. Ikkinchidan esa, fan 
bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’ruza rejasi va reja bo‘yicha 
matn tayyorlanishi hamda darsni o‘tkazishda qo‘llaniladigan metodlarni 


80 
tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-
ketligini aniqlash lozim bo‘ladi. 
-
Ma’ruza tinglovchilarga yetkaziladigan o‘quv materiallarini 
bayon etishning asosiy shakllaridai biri bo‘lib, unda o‘qitilayoggan 
mavzu metodologiyasi, o‘rganilayotgan masalalar haqidagi eng muhim 
jihatlarning batafsil tahlili, tegishli amaliy misollar asosida aks etgiriladi. 
Ma’ruza yoshlar dunyoqarashini shakllantirishi va rivojlantirishi hamda 
tarbiyaviy yo‘nalishga ega bo‘lishi, tinglovchilarning idrok qilishlarini 
faollashtirishi, materialni mustaqil o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari va 
uslubini belgilab berishi lozim. 
-
Har bir ma’ruza matni mantiqan tugallangan bo‘lishi, unda 
ko‘rilayotgan masalalar o‘zaro bog‘langan va yaxlit holda ochib berilishi 
kerak. O‘quv materialini berishning didaktik usul va yo‘llari, o‘qitishning 
ko‘rgazmali va texnik vositalari ma’ruzaning asosiy mazmuni undagi 
bosh masalani ochishga xizmat qilish lozim. Ma’ruza matnlarini 
tayyorlash o‘ta ma’suliyatli va muhim vazifa hisoblanib, unda talabalarda 
ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish ham nazarda tutilishi kerak. 
Mamlakatimiz Prezidentining “Milliy mafkura-mamlakat kelajagi 
poydevori” nomli risolasida respublika ziyolilari, ta’lim tizimida faoliyat 
ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarga talabalar ongiga milliy 
mafkurani singdirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, umuminsoniy 
qadriyatlarni e’zozlovchi komil insonlar qilib shakllantirish kabi muhim 
va ma’suliyatli vazifalar belgilab berilganligi ta’kidlanadi. 
Masalan kimyo fanidan ma’ruza darslarini didaktik o‘yin texnolgiyalarining 
konferentsiya usuli asosida quyidagicha tashkil etish mumkin: 
O‘qituvchi konferentsiya usulida darsni o‘tishdan avval dars mavzusini, 
maqsad va vazifalarini aniq belgilab olib, shu mavzuga oid qo‘shimcha ilmiy va 
ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko‘zdan kechiradi. Mazkur dars o‘tkazilishidan 10 
kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar 
tavsiya etiladi. E’lon qilingan darsga tayyorgarlik ko‘rish uchun asosiy guruh 4 


81 
yoki 5 ta guruhchaga bo‘linadi va har bir guruhchadan «Kimyogar olimlar» 
maqomida rol ijrosi uchun 1 nafardan iqtidorli talabalar tanlab olinadi. Mavzuni 
har tamonlama yoritish, qiziqishi va qobiliyatiga yarasha ma’ruza tayyorlash ta’lim 
oluvchilarning ixtiyorida bo‘ladi, ya’ni modullashtirilgan tizimda dars mavzulari 
rol ijro etuvchilarga bo‘lib beriladi. Darsga tayyorgarlik davrida o‘qituvchi 
tomonidan ijobiy rag‘batlantirishning ustunligi, muvaffaqiyatga yo‘llovchi 
o‘qituvchining muloqot madaniyati va o‘zaro yordami ta’lim oluvchilarning darsga 
qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishning muhim omillari sanaladi. 
O‘quv materialini bayon etishga muayyan vaqt ajratilishi sababli o‘qituvchi 
darsda mo‘ljallaganlarning hammasini bayon etishga ulgurish uchun harakat qilshi 
kerak. Buning uchun o‘qituvchi: 
-
darsni o‘z vaqtida boshlashi; 
-
darsga tayyorlanish vaqtida uning ayrim bosqichlari 
uchun ketadigan vaqtni, agar zarur bo‘lsa, ayrim asosiy masalalarga 
ketadigan vaqtni taxminan belgilab olishi va dars jarayonida ana shu 
reglamentga rioya qilishi; 
-
o‘quvchilardan qo‘yilgan savollarga aniq va qisqa javob 
qaytarishni talab etishi; 
-
shaxsan o‘zi uchun qiziq bo‘lgan masalalarni ortiq 
darajada batavsil va uzoq vaqt bayon etmasligi lozim, aks holda 
ahamiyati kam bo‘lmagan boshqa masalalarni bayon etishga vaqt 
yetishmay qoladi; 
-
dars rejasi va konspektdan oqilona foydalanishi, lekin 
ularga bog‘lanib kolmasligi, faqat vaqti - vaqti bilan uzini teshirish 
maqsadida ularga qarab olishi zarur. 
Har qanday materialni bayon etish so‘ngida hamisha yakun yasash kerak. 
Og‘zaki bayonning yakuniy qismi aytilganlarni umumlashtirish va yakun yasash 
uchun zarur. Bayonning xotima qismida bayon etilgan materialning asosiy 
joylarini yana bir bor aytib o‘tish, eng muhim joylariga o‘quvchilar e’tiborini 
qo‘shimcha ravishda qaratish, asosiy xulosani takrorlash kerak. 


82 
Bayon qilinayotgan material ta’lim oluvchilarning tushunishi uchun qiyin 
bo‘lgan, yangi ma’lumotlar xabar qilingan, mehnat usullarini bajarish yo‘llarini 
tushuntirib berish talab qilingan hollarda og‘zaki bayon qilish metodidan 
foydalaniladi. 
O‘quv jarayonini tashkil etishning 

Download 2,44 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



o‘quv materialini og‘zaki bayon etish

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish