O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

4.10. Didaktik reduksiya tamoyili
Ushbu tamoyilga tushuncha berish uchun avvalo, reduksiya so‘zining ma’nosi 
nima ekanligini bilish lozim. “Reduksiya” keng qamrovli lotinchadan olingan so‘z 
bo‘lib, “reductio” ya’ni qisqartirish, qaytarish kabi ma’nolarni anglatadi. Demak 
ushbu tamoyil asosida o‘qitishda o‘qitish uchun olingan mavzu kerakli hajmgacha 
qisqartirilishi lozim. Ayniqsa, oliy ta’limning kimyoviy texnologiya yo‘nalishlari 
bakalavriat bosqichida o‘qitiladigan maxsus fanlarda o‘qitilishi nazarda tutilgan 
materiallar keng qamrovli bo‘ladi. Masalan, “Noorganik moddalar kimyoviy 
texnologiyasi” fanidan “Xomashyolarni boyitish prinsiplari” mavzusini o‘qitish 
uchun talabalarga xomashyoni mexanik, elektromagnit, gravitatsion, termik, 
kimyoviy boyitish kabi usullarini o‘qitish kerak bo‘ladi. Agar mavzuni o‘qitishda 
mavzudagi har bitta usulga alohida urg‘u berib tushuntirishga harakat qilinsa, 
tabiiyki vaqt ko‘p sarf etiladi. Didaktik reduksiya tamoyili asosida ushbu mavzuni 
o‘qitishda har bir usulga kerak bo‘lsa, ko‘rgazmali materiallarni qo‘llagan holda 
qisqacha ta’rif berish, oddiyroq terminlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ushbu 
tamoyilda umumiy (kompleks) va murakkab topshiriqlar doimo didaktik ravishda 
osonlashtirilishi lozim, lekin o‘zgarmasligi shart. Shuning uchun, agar faqat 
boshlang‘ich bilimlar berish kerak bo‘lsa, o‘quv materialini iloji boricha oddiyroq 
tushuntirishga va nihoyatda ko‘p va keng o‘quv materiali bilan bilim oluvchilarni 
qiynamaslikka harakat qilish lozim.


75 
Didaktik tamoyillar o‘quv jarayonining barcha tomonlarini qamrab oladilar va 
unga aniq maqsadga yo‘naltirilgan, mantiqan ketma-ket boshlanishni beradilar. 
Lekin, o‘zlarining mavjudlik shakliga ko‘ra, tamoyillar sub’yektiv mazmunga 
egadir, chunki pedagogning ongida turli darajadagi to‘liqlilik va aniqlikda 
akslanadilar. Tamoyillarni bilmaslik, ularning talablarining ortidan bormaslik, 
ularni noto‘g‘ri tushunishlik ularni rad qilmaydi, lekin ta’lim jarayonini noilmiy
ziddiyatli va unumsiz qilib qo‘yadi. Ta’lim tamoyillariga amal qilish o‘qituvchi 
pedagogik madaniyatining bir qismiga aylanadi, kasbiy faoliyatining natijali 
bo‘lishini ta’minlaydi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish