O‘qitishning tushunarli bo‘lish tamoyili




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

4.4. O‘qitishning tushunarli bo‘lish tamoyili
Pedagogikaga oid adabiyotlarda bu tamoyil o‘rganilayotgan materialning 
mazmuni, hajmi va o‘qitish metodlari bilim oluvchilarning yoshiga, tayyorgarlik 
darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos bo‘lishini talab etiladi deb 
ta’kidlangan.
Maxsus fanlarni yuqori kurslarda o‘qitilishini nazarda tutilsa, talabalar 
tomonidan bu fanlarni o‘zlashtirilishi ko‘proq, ularning dastlabki kurslarda o‘quv 
rejalarida belgilangan “Tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar” va “Umumkasbiy fanlar” 
bloklaridagi fanlardan olgan bilimlariga bog‘iq bo‘ladi. O‘qitishning tushunarli 
bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘quv materialining mazmunini shunday tanlanishi va 
tuzishi kerakki, bilim oluvchilar uni o‘zlarining oldingi bilimlaridan foydalangan 
holda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lsinlar. O‘qitishda materialni tayyorlashda, 
albatta, uning hajmiga ham e’tibor qaratish lozim, chunki katta hajmdagi 
ma’lumotni talabalarga to‘la yetkazish uchun ajratilgan vaqt yetmasligi mumkin. 
Shu bilan birga, katta hajmdagi ma’lumotlar talabalarni zeriktiradi va tushunishini 
qiyinlashtiradi. O‘quv materialini eng asosiy jihatlariga e’tibor qaratib, vaqt 
me’yorlariga moslangan holda axboratlashtirilgan shaklda texnik vositalardan 
foydalanib o‘qitishga moslashtirish ham o‘quv materialining tushunarli bo‘lishini 
ta’minlaydi. Albatta, tayyorlangan material o‘ta sodda yoki o‘ta murakkab bo‘lishi 
ham maqsadaga muvofiq emas. Haddan tashqari oson materialni bilim oluvchilar 
ortiqcha kuch sarflamay o‘zlashtirib oladilar. Bunday o‘qitish bilim oluvchilarning 
aqliy bilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam bermaydi. O‘qitishning 
tushunarliligi bilim oluvchi imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-
sekin oshirib borish bilan belgilanadi. O‘qituvchining bayoni, uning tushuntirishi 
aniq, ravshan obrazlarni o‘z ichiga olishi, o‘rganilayotgan savollarning mohiyatini 
ko‘rgazmali tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi kerak. 
Ta’lim jarayonining borishida bilim oluvchilar oldiga qo‘yiladigan o‘quv va 


70 
mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish bilim oluvchilarning 
aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qitishning tushunarli bo‘lish tamoyili

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish