67
hodisalarni oldindan ko‘ra olishdan iborat. Nazariya bilish jarayonida biz to‘plagan
bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yo‘lidagi
boshlang‘ich asosdir.
Shuningdek, nazariya - aksioma, teorema, qonun, formula,
grafik, raqam va boshqa shakllarda ifodalanadidigan tushunchalar hamdir. Kimyo
va kimyoviy texnologiyaga oid fanlar mazmuniga etibor qaratilsa,
unda asosan
formulalar, qonunlar, qoidalar, postulatlar jadval
va grafiklar kabi nazariy
ma’lumotlardan iborat ekanligi ko‘rinadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko‘rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba,
o‘zgartirish, yaratish – bular amaliyot shakllariga kiradi. Kundalik bilimning ko‘p
qismi amalietga bevosita xizmat qilishga qaratilgan. Amaliyot, albatta, nazariy
bilish taraqqiyotining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq aytganda, bu nazariya va
amaliyotning bevosita, qat’iy, aniq munosabatlari doirasida to‘g‘ridir. Shu bilan bir
vaqtda, amaliyot o‘z davridagi nazariyaga, bilimga mos kelishi ham lozim. Ya’ni,
muayyan davr, uning asnosidagi amaliyot bilishda qanday bo‘lsa,
nazariy ongda
ham bu hol o‘z aksini topadi. Masalan, oliy o‘quv yurtlarida o‘quv tanishuv
amaliyoti bakalavr tayyorlash o‘quv rejasiga ko‘ra 1-kursga mo‘ljallangan bo‘lib,
gumanitar va ijtimoiy – iqtisodiy, matematika va tabiiy – ilmiy,
umumkasbiy
fanlardan to‘liq tarzda reyting va sinovlar topshirilgandan so‘ng o‘tkaziladi.
Amaliyotning asosiy maqsadi talabaning matematika va tabiiy – ilmiy hamda
umumkasbiy fanlardan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash o‘zi
tanlagan sohaga qarashli ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan xususiyatlar bilan
tanishishga xizmat qiladi. Lekin o‘quv davrining keyingi bosqichlarida
amaliyotning mazmuni va shakli o‘zgarib boradi. Chunki o‘quv
davrining oxirgi
bosqichlarida maxsus fanlarning o‘qitilishi va talabalarning o‘z kasbiy faoliyat
turlari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash zarurati tug‘uladi.
Masalan, 5320400-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) ta’lim yo‘nalishi
o‘quv rejasiga binoan maxsus (ixtisoslik) fanlari asosan o‘quv davrining 6 va 7
semestrlari davomida o‘qitiladi. Bu davrlar uchun 6 semestr oxirida 10 hafta va 8
sememtr davomida 17 hafta malakaviy amaliyot rejalashtirilgan. Bundan
ko‘rinadiki, o‘quv rejada talabalarning maxsus
fanlardan egallagan nazariy
68
bilimlarini amaliyot asosida bir-biriga bog‘lash va shakllantirish nazarda tutilgan.
Bunda amaliyotning asosiy vazifasi bo‘lib, talabaning noorganik moddalar ishlab
chiqaruvchi korxonalar bo‘yicha malakasi va tajribasini orttirish, ulardagi mavjud
texnologik qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsiplarini o‘rganish, texnologik
jarayonning bosqichlari bilan tanishish hisoblanadi.