71
inson
va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lgan.
Shunga ko‘ra tabiat, jamiyat hodisalariga, turmush voqealariga xolisona baho
berish inson tabiatini anglatuvchi omil ekanligini ta’kidlab, kishilarni voqealarga
mustaqil va ongli munosabatda bo‘lishga undaydi. Har bir inson o‘z qalbining
farmoyishiga ko‘ra ezgulikka intilishi, shuhrat
qozonish uchun muruvvat
ko‘rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi. U har bir narsani aniq, sinchiklab o‘rganish,
bilish va, shundan so‘nggina bir xulosaga kelish kerakligi va bu o‘rinda, ayniqsa,
tajribaga asoslanishni alohida uqtiradi. Nodonlik, qalloblik, erinchoqlik, ilmsizlik
va sun’iy e’tiqodni tanqid qiladi. Shu bois, Beruniy o‘z
davrida keng tarqalgan
o‘qitishning sxolastik metodlariga qarshi chiqib, o‘quvchini hamma narsaga
o‘rgata olish mumkinligini, o‘qitish va tarbiyalashda turmush va tabiat
ko‘rsatmalariga asoslanishni, bolaning shaxsiy va individual xususiyatlarini doimo
nazardan chetda qoldirmaslikni uqtiradi.
Yusuf Xos Hojibning shoh asari “Qutadg‘u bilik” (“Saodatga yo‘llovchi
bilim”) turkiy xalqlarning qadimgi ta’lim va tarbiya usullari, ma’naviy kamolot,
axloq va odobga doir noyob ma’lumotlarni saqlagan muhim manbadir.
Mazkur
asarni o‘rganish orqali XI asrdagi ijtimoiy-madaniy hayot, yoshlar tarbiyasiga
bo‘lgan e’tibor, maktablardagi fan tarmoqlari, o‘qituvchining kasbiy faoliyati va
shaxsiy kamoloti, o‘qitish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ko‘plab
qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Uning fikricha, insonning ulug‘ligi aql-
idroki, so‘zlash qobiliyati, bilimi, odobi va kasb-hunarga egaligidadir. Bu xislatlar
uning muhtaramligini ham ta’minlaydi.
O‘qitish va tarbiyalash jarayonlari bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Tarbiya
orqaligina inson o‘z shaxsini anglab yetadi. O‘z-o‘zini anglagan kishigina o‘z
qobiliyatlari va imkoniyatini bilgan holda ehtiyojini shakllantirish zaruratini
vujudga keltiradi. Shu nuqtai nazardan barcha fanlar qatorida oliy o‘quv yurtlarida
Maxsus fanlarni o‘qitishda ham talabalarning o‘zlashtirish darajasi, ularning aql -
idroki, odobi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga bo‘lgan mas’uliyati,
kasbiga qiziqishi va ongli ravishda bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojini sezish
kabi tarbiyaviy jihatlari nechog‘li holatda ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.