• 4.7. O‘qitishning muntazamlilik va izchillik tamoyili
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/115
    Sana29.09.2024
    Hajmi2,44 Mb.
    #272925
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
    Bog'liq
    6399d51a81c9c

    4.6. Ilmiylik tamoyili 
    Ilmiylik tamoyili
    – bu tamoyilni amalga oshirish talabalarga ilmiy 
    asoslangan, haqqoniy, tajribalar asosida sinovdan o‘tgan, fanning eng yangi 
    yutuqlari aks ettirilgan texnikaviy ma’lumotlarni yetkazishdir. Ayniqsa, kimyoviy 
    texnologiya yo‘nalishi bakalavriat bosqichlarida o‘qitiladigan aksariyat maxsus 
    fanlarning auditoriya mashg‘ulotlarida kimyoviy ishlab chiqarishga oid nazariy va 
    amaliy ma’lumotlar berilishini nazarda tutilsa, ushbu ma’lumotlarni berishda 
    o‘qituvchi sof ilmiy terminminlarni ishlatishi, qonunlarni to‘laqonli ifodalashi, 
    formulalardan unumli foydalanishi lozim bo‘ladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari 
    davomida talabalar tajribalarni o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida mustaqil ravishda 
    bajarishi, olingan natijalarni rasmiylashtirishi va hisoblashi talabalarda faqat 
    ko‘nikma va malaka hosil bo‘lib qolmay, balki ularda o‘rganayotgan mehnat 
    amaliyotlarining ilmiy asoslari haqida tushunchalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. 
    Masalan, “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fanidan “Xlorid kislota 
    ishlab chiqarish texnologiyasi” mavzusini o‘qitishda kimyo sanoatida xlorid 
    kislotaning muhim xomashyo ekanliginiligini tushunishi, ishlab chiqarishning 
    chiqarishning zamonaviy rentabilli usullari o‘rganishi, xlorid kislota ishlab 
    chiqarishning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha muammolar mavjud yoki mavjud 
    emasligi haqidagi ma’lumotlar talabalarni olgan bilimlarini tanqidiy nuqtai 
    nazardan ko‘rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish 
    va mantikiy xulosa chikarash xulosa qilinganda ilmiy nuqtai nazardan fikirlash 
    ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
    4.7. O‘qitishning muntazamlilik va izchillik tamoyili
    Muntazamlilik va izchillik ta’limda ma’lum mantiqiy izchillik bo‘lish 
    zarurligini bildiradi, chunki bilimlar vorislik har akteriga ega. Ular o‘zidan oldingi 
    materialiga asoslanadi. Bu tamoyil o‘qitishni shunday tashkil qilishni talab etadiki, 
    bunda o‘quv fanlarini o‘qitish qat’iy mantiqiy tartibda olib boriladi, bilim 
    oluvchilar bilim, ko‘nikma hamda malakalarni izchilik bilan egallab boradilar va 
    ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni 
    o‘rganadilar. 


    73 
    Muntazamlilik va izchillik tamoyili o‘quv jarayonining hamma bo‘g‘inlarida 
    amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o‘z aksini 
    topadi. Ulardagi material bir qator didaktik talablar - fanni o‘rganish maqsadi, 
    uning boshqa hamda fanning mantiqi bilan belgilanadigan tizim bo‘yicha 
    joylashtiriladi. O‘quv dasturida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning bir-biriga 
    uzviy bog‘lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o‘quv maqsadini aniq belgilash 
    va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim.
    Maxsus fanlar o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlarni aniq belgilab, yaxshi 
    samara beruvchi usuldan fo‘ydalanish, mashg‘ulotlar davomida berilayotgan bilim 
    va ko‘nikmalarning bilim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilish darajasini 
    belgilovchi nazorat va tekshirishning turli usullari hamda testlardan foydalanish 
    muhim ahamiyat kasb etadi. Bilim oluvchilarning bilim saviyasi oshib borishiga va 
    rivojlanishiga qarab predmetni bayon qilishning didaktik tizimi fan tizimiga tobora 
    yaqinlashtirib boriladi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda dasturga aniq rioya qilish va 
    bilim oluvchilarning darslik bilan ishlashi ularning bilimlarni muayyan tizim 
    asosida o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. 

    Download 2,44 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

    Download 2,44 Mb.
    Pdf ko'rish