90
Ko‘rsatmali qo‘llanmalarni ikki turga ajratish mumkin:
1. Natural (tabiiy) ko‘rsatma qurollar.
Bunda atrof voqelikdan olingan
narsa va hodisalar ko‘rsatiladi. O‘simliklar, hayvonlar, xomashyo rudalar, jihozlar,
apparatlar, asboblar, tajribalar qilib ko‘rsatish kabilar bunday qo‘llanmalar
jumlasiga kiradi;
2. Grafik ko‘rsatmali qo‘llanmalar.
Shartli tasvirlar,
chizmalar, sxemalar,
jadvallar va hokazolar grafik qo‘llanmalar jumlasiga kiradi. Tasviriy ko‘rsatmada
o‘rganilayotgan fan yuzasidan tasvirlar ko‘rsatiladi. Bu xil qo‘llanmalar jumlasiga
suratlar, kinofilmlar, diafilmlar, fotosurat va rasmlar kiradi;
Ob’yekt, hodisa va jarayonlarni kuzatib o‘rganish pedagogika nuqtai-
nazaridan ideal hisoblanadi. Ammo o‘rganilishi kerak bo‘lganlarning
ba’zilaridangina darsda foydalanish mumkin va ma’qul keladi. Shu sababli, o‘quv
jarayonida tasviriy ko‘rsatma qo‘llanmalardan
keng foydalaniladi va ular
quyidagichadir:
-
o‘rganiladigan ob’yektning asli juda katta yoki juda kichik
bo‘lganda;
-
o‘rganiladigan ob’yekt yoki hodisalarning aslini bevosita
kuzatish mumkin bo‘lmaganda;
-
tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilganda;
-
murakkab ob’yektlarni oddiylashtirish yoki ishlash jarayonini
ko‘rsatish zarur bo‘lganda.
O‘quvchilarga yangi materialni bayon etishda ko‘rsatma qo‘llanmalardan
to‘g‘ri va o‘z vaqtida foydalanish katta ahamiyatga ega. Pedagogika fani va ilg‘or
tajriba darsda ko‘rsatma qo‘llanmalar namoyish qilishga
oid metodik talablar
ishlab chiqdi, bu talablarga rioya qilish ularning didaktik qimmatini oshiradi.
Avvalo shuni esda tutish zarurki, ko‘rsatma qo‘llanmani namoyish qilish-maqsad
bo‘lmay, balki vositadir. Qo‘llanmani ko‘rsatish emas, balki u bilan ishlash kerak.
O‘rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo etgan
hollardagina ko‘rsatma qo‘llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi. Darsda
namoyish qilinadigan qo‘llanmalar soni o‘quvchilar va o‘quv materialini sifatli
91
o‘zlashtirishi uchun me’yor darajasida bo‘lishi hamda darsda qo‘llanmalardan
xaddan tashqari ko‘p foydalanish maqsadga muvofiq emasligini nazarda tutish
lozim.
Namoyish qilinayotganlarini idrok etish jarayonida o‘quvchilar
sezgi
organlarining ko‘rish, eshitish, sezish, zarur hollarda esa tam bilish va xid bilish
organlarining ko‘pini jalb etish kerak. O‘qituvchi so‘zi bilan ko‘rsatmalilikning
mutanosib ravishda to‘g‘ri qo‘shib olib borilishi katta ahamiyatga ega. Ko‘rsatma
qo‘llanmalarni idrok etishning asosi birinchi signal sistemadir,
ammo ikkinchi
signal sistema uning signallariga tartibga soluvchi ta’sir etadi. Har qanday
ko‘rsatma qo‘llanmalar namoyish qilinganda hamma vaqt izoh berib turiladi. Ana
shu izoh o‘quvchining e’tiborini qo‘llanmadagi asosiy va muhim tomonlarga
qaratishga, kuzatilayotgan ob’yekt yoki hodisalardan ularning mohiyatini tashkil
etuvchilarni ajratib olishga yordam beradi.