savol-javobli metodlaridan biri suhbat




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

savol-javobli metodlaridan biri suhbat 
hisoblanadi.
Umumtexnika va maxsus fanlar o‘qituvchilari suhbatning ikkita asosiy 
turidan: asosiy maqsadi o‘quvchilarga yangi bilimlarni bayon etishdan iborat 
bo‘lgan suhbat hamda o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlanadigan, 
takrorlanadigan, tekshirib ko‘riladigan va baholanadigan suhbatdan foydalanadilar. 
Suhbatning har bir turi uchun o‘z metodikasi xosdir. 
Agar suhbatdan ko‘zlanadigan maqsad yangi bilimlarni bildirishdan iborat 
bo‘lsa, o‘qituvchi o‘rganilishi kerak bo‘lgan masalani o‘rtaga tashlaydi va 
mantiqiy mulohazalar yo‘li bilan o‘quvchilarni muayyan xulosaga olib keladi. 
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni ilgari olingan bilimlar, kuzatishlar, hayotiy va 
ishlab chiqarish tajribasini takrorlashga, hodisalarni solishtirish, taqqoslashga, o‘z 
fikrini bayon etishga undaydi. Suhbatning asosiy alomati – o‘quv materialini 
muhokama qilishda o‘quvchilarning bevosita ishtirok etishi suhbatning o‘ziga xos 
xususiyatlarini belgilaydi. Bunday suhbat jarayonida o‘quvchilarning bilimlari va 
tajribasi so‘zlab berishdagiga qaraganda ancha samarali aniqlanadi va 
foydalaniladi, materialni o‘zlashtirish jarayoni to‘laroq hamda tezroq nazorat 
qilinadi, ilgari olgan bilimlari ancha chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Jamoa 
suhbat umumiy manfaatdorlik vaziyatini yaratadi, o‘quvchilarning e’tibori va 
qiziqishini oshiradi, mushohadasini faollashtiradi tashabbus hamda mustaqillikni 
rivojlantiradi, darsda bilimlarning ongli ravishda o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va 
uy vazifasini osonlashtiradi. 
Suhbat o‘quvchilarning yangi bilimlarini idrok etishini ta’minlabgina qolmay, 
balki bu bilimlarni tushunib olishi va sistemaga solishga imkon beradi. Ammo 
yangi materialni bayon etish metodi bo‘lgan suhbat, bir qancha afzalliklarga ega 
bo‘lishiga qaramay, pedagogikada “sof holda” nisbatan kam qo‘llaniladi. Buning 


83 
asosiy sababi shuki, o‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga sekin-asta olib 
kelish jarayoni ko‘p vaqt oladi va o‘qituvchining maxsus tayyorgarlik ko‘rishini: 
savollarni o‘quv materialining mazmuniga muvofiq tanlash, ta’riflash, 
joylashtirishni, o‘quvchilardan kutilishi mumkin bo‘lgan javoblar hamda asosiy 
xulosalarni o‘ylab olishni, shuningdek, anchagina vaqtni talab qiladi. O‘quvchilar 
o‘rganiladigan material yuzasidan bir qator tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerakligi 
ham suhbatdan foydalanishni qiyinlashtiradi: suhbatni “bo‘sh joyda” o‘tkazib 
bo‘lmaydi. O‘quvchilarning ayni fan yoki boshqa fanlardan olgan bilimlari, 
kuzatishlar, darsliklarning, qisqa ma’lumot beruvchi adabiyotlarning materialini, 
jurnallardagi maqolalarni, texnikaviy va texnologik hujjatlarni o‘rganish, 
o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi jarayonida ortirgan tajribasi, hayot tajribasi 
suhbat manbai bo‘ladi. 
Yuqorida aytib o‘tilganlar asosida yangi materialni bayon etish metodi 
bo‘lgan suhbatdan foydalanishning ba’zi shartlarini aniqlash mumkin: 
-
eng muhim, prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan materialni 
suhbat metodida o‘rgangan ma’qul; 
-
suhbat metodida o‘rganish uchun mazmuni aniq mantiqiy 
izchillikka ega bo‘lgan materialni tanlash zarur; 
-
suhbatda o‘quvchilar bilimni muayyan sistemaga 
keltirish, fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish, o‘quvchilarning 
nazariy bilimlari bilan ishlab chiqarish tajribalari o‘rtasida 
bog‘lanish o‘rnatish uchun foydalanish eng katta samara beradi; 
-
suhbatni boshqa metodlari: tushuntirish, kitob bilan 
ishlash, o‘quvchilarning mustaqil kuzatishlari, namoyish qilish, 
mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlar bilan birga qo‘shib o‘tkazgan 
ma’qul. 
Suhbatning muvaffaqiyatli o‘tishi ko‘p jihatdan shu suhbat temasining to‘g‘ri 
tanlanishiga va aniq o‘quv vazifasiga bog‘liq. Suhbat mavzusini aniq ifodalab 
berish, o‘quvchilarga bilimlarni o‘zlashtirish uchun yana nimalar qilish lozimligini 
ko‘rsatib berish juda muhimdir. 


84 
Yangi bilimlar berish maqsadida o‘tkaziladigan suhbat induktiv va deduktiv 
usul bilan olib borilishi mumkin. 
O‘qituvchilar induktiv usulni o‘quvchilarni o‘zlarida bor bilimlarga va ishlab 
chiqarish tajribasiga tayanib, mustaqil xulosalar chiqarishga va umumlashtirishlar 
qilishga olib keladigan hollarda qo‘llaydilar.
O‘qituvchi keltirib chiqargan yoki bayon etilgan qoida, shart, talabni 
o‘quvchilar boshqa hollarga tatbiq eta boshlagan, o‘qituvchi savoliga javob berib 
va uning topshirig‘ini bajarib, yangi hodisalarni tahlil qila boshlagan, mazkur 
qoidani ana shu hodisalarga tatbiq etish mumkinligi to‘g‘risida mulohaza yurita 
boshlagan vaqtda deduktiv usuldan foydalaniladi.
Suhbatning samarali chiqishi uchun o‘quvchilarga beriladigan savolni to‘g‘ri 
tanlash, ta’riflash va qo‘yish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Evristik, izlash 
suhbatida savollarni o‘qituvchi faoliyatining formasi debgina qaramaslik kerak. 
O‘qituvchi o‘rtaga tashlagan har bir savol o‘quvchilar ongida tegishli savol 
tug‘dirishi, paydo bo‘lgan noaniqliklarga barham berish istagi hosil qilishi, yangi 
assotsiatsiyaga undashi zarur. 
Shu nuqtai-nazardan qaraganda, savol fikrning bilish bilan bilmaslik o‘rtasida 
turadigan, yangi mulohaza hamda tushunchalardan oldin keladigan va ayni vaqtda 
ularning hosil bo‘lishiga yordam beradigan alohida formasidan iborat, deb aytish 
mumkin. 
Ana shu asoslanilganda, savolga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talab 
o‘quvchilarning faol fikrlash faoliyatini, zehnini o‘stirishdan iborat. Bundan 
tashqari, savollarga nisbatan qo‘yiladigan talablarni aytib o‘tish zarur: qisqalik va 
aniqlik; maqsadga muvofiqlik; mantiqiy ravshanlik va oddiylik; suhbatning bundan 
oldingi savollari va mavzusi bilan bog‘liqligi; mazmun va shaklining aniqligi; 
amaliy yo‘nalganlik; o‘quvchilarning ishlab chiqarish tajribasini hisobga olish. 
Asosiy qo‘shimcha, yordamchi savollar bo‘ladi. Asosiy savollardan ko‘zda 
tutiladigan maqsad – eng muhim materialni ochib berish; qo‘shimcha savollardan 
ko‘zlangan maqsad – asosiy materialni aniqlashtirish, unga aniqlik kiritish; 
yordamchi savollardan ko‘zda tutiladigan maqsad – tanish ma’lumotlarni 


85 
o‘quvchilar esiga tushirishga yordam berish, o‘quvchilar fikrini zarur tomonga 
qaratish hisoblanadi. 
Yangi materialni suhbat metodida bayon etishda o‘quvchilarga beriladigan 
savollar nihoyatda xilma-xildir. Savollarning quyidagi guruhlarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 
-
narsalarni, ularning tasvirlarini, hodisalar, jarayonlar, 
dalillar va shu kabilarni solishtirish hamda taqqoslashga oid 
savollar; 
-
o‘rganilayotgan 
dalillar, 
hodisalar, 
jarayonlarni 
umumlashtirish va ularning muhim alomatlarini ajratib ko‘rsatishga 
doir savollar; 
-
bilimlardan bir xil vaziyatlarda foydalana bilishni 
aniqlash uchun beriladigan savollar; 
-
sababi izohlashga oid savollar; 
-
isbotlashga oid savollar, “ha” va “yo‘q” ekanligiga 
isbotlar keltirish; 
-
fanlararo bog‘lanishni o‘rnatishga oid savollar; 
-
tushunchalarni ta’riflashga oid savollar. 
O‘quvchilarning javoblariga nisbatan qo‘yiladigan talablardan, avvalo, 
onglilik va asoslanganlikni aytib o‘tish kerak. Har bir javob o‘quvchining fikrlash 
mustaqilligini aks ettirishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilardan texnika jihatidan va 
adabiy jihatdan savodli ifodalangan aniq hamda ravshan javob qaytarishni talab 
qilishi shart. O‘quvchilarning nutq madaniyatini tarbiyalashga fikrlash 
madaniyatini tarbiyalashning tarkibiy qismi deb qaramoq lozim. 
Suhbatni tashkil etishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, birinchi navbatda, 
savollar qo‘yish usullariga va o‘quvchilarni javob qaytarish uchun undashga 
taalluqlidir. Savollarni butun guruhga berish, so‘ngra o‘quvchilar javob berishga 
tayyorlanishi uchun bir oz tanaffus qilish, shundan keyingina biror o‘quvchining 
familiyasini atash tavsiya qilinadi. 


86 
Suhbatning mantiqiy rejasiga qat’iy amal qilish juda muhim. Savollar bilan 
javoblar shunday tartibda kelishi kerakki, o‘quvchilar mavzuning izchilligini 
hamma vaqt sezib turadigan bo‘lsin. Suhbat jarayonida o‘quvchilar e’tiborini butun 
o‘rganilayotgan materialni tushunish uchun asosiy bo‘lgan dalil va xulosalarga 
qaratish alohida ahamiyatga ega. 
O‘qituvchi suhbat ipining uchini hamisha o‘z qo‘lida tutib turishi kerak. Shu 
bilan birga savollar qo‘yishning va ularni ta’riflashning ilgari belgilab qo‘yilgan 
tartibiga ko‘r-ko‘rona amal qilish yaramaydi. Savollarni o‘quvchilarning 
javoblariga qarab hal qila bilish, fikrlarning borishini tartibga solish, har qaysi 
o‘quvchining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olish zarur. Agar o‘quvchi 
savolga javob qaytarishga qiynalsa, boshqa o‘quvchini chakirishga shoshilish 
yaramaydi, savolni o‘quvchiga tushunarliroq bo‘lgan yangi varinatda berish va 
to‘g‘ri javob yo‘naltirish mumkin bo‘lgan biror dalilni eslatib o‘tish lozim. Ammo 
javobni ochiq oydin beruvchi savollar berish yaramaydi. 
Suhbatni yakunlar yasash bilan tugallash zarur: o‘qituvchi suhbat jarayonida 
o‘rganilgan masalalarga aniq ta’riflar beradi.
Hozirgacha gap suhbat olib borish usuli to‘g‘risida bordi, bunda savollarni 
o‘qituvchi berdi, o‘quvchilar esa bu savollarga javoblarni o‘ylab ko‘rdilar va 
o‘qituvchi rahbarligi ostida ma’lum xulosaga keldilar. Suhbatning bunday tuzilishi 
eng tipikdir. Lekin suhbat jarayonida o‘quvchilar ham savol berishi mukin; 
o‘quvchilar savolni o‘qituvchiga ham, guruhdagi o‘rtoqlariga ham berish mumkin. 
Bunday metodik usulning afzalligi shundaki, birinchidan, o‘qituvchi, savolning har 
akteriga qarab, o‘quvchilar bilimining qanchalik chuqur ekanligi, ularning bilish 
faolligi, qiziquvchanligi va o‘rganilayotgan hodisalarni tushunish darajasi 
to‘g‘risida bir fikrga keladi; ikkinchidan, ko‘pincha chuqur, asosli savol bir-biri 
bilan ketma-ket bog‘langan boshqa savollarning uzluksiz zanjiridan iborat bo‘ladi; 
birinchi savolning hal qilinishi ikkinchi, uchinchi savolni keltirib chiqaradi va 
shunday qilib, o‘quvchilar faol ishga jalb etiladi. Bu holda savollar o‘quvchilar 
bilimlari va qiziqishlarining chuqurlik mezonigina emas, balki bu qiziqishni 
quvvatlab turuvchi vosita ham bo‘lib qoladi.


87 
O‘qituvchining vazifasi savolarning murakkabligini va pedagogik qimmatini 
doimo oshira borib, o‘quvchilarni savollar berishga undashdan iborat. 
O‘quvchilarni savol berishga undash usullaridan quyidagilarni ta’kidlab o‘tish 
mumkin: o‘qituvchining o‘qib chiqilgan matn, rasm, ko‘rsatma qo‘llanmaga oid 
savollar tuzish to‘g‘risida o‘quvchilarga beradigan topshirig‘i; javob qaytarayotgan 
o‘quvchiga, o‘qituvchiga savollar berishni taklif eitish; o‘quvchilarni ataylab 
muayyan qiyinchiliklarga to‘qnashtirish va hokazo.
Hozirgi payitda qo‘llanilishi eng ko‘p nazarda tutilayotgan ta’lim metodlardan 
yana biri 

Download 2,44 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish