88
Muammoli vaziyat anglangan qiyinchilik bo‘lib, uni yengish yo‘llari
noma’lum bo‘ladi, ularni izlash talab qilinadi. Muammo shunday vaziyatki, uni
o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan vositalar (bilimlar, ko‘nikmalar, izlash faoliyati
tajribasi) asosida hal qilish mumkin. Shuning uchun har qanday muammo vaziyatni
o‘z ichiga oladi, lekin har qanday masala muammo bo‘lavermaydi. Bilishga oid
vazifa shunday muammoki, uni muayyan sharoitda yoki parametrlarda hal qilish
mumkin. Bunday vazifaning mazmunida shunday muammo yotadiki, ma’lum
narsa o‘rtasidagi ziddiyat uning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Yuqorida biz ta’lim metodiga berilgan ayrim ta’rif va tushunchalarni
keltirdik. Shunday bo‘lsa ham, qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli
yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-
yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini
yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro
yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon
bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini
ta’minlovchi usullar majmuidir.