O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/115
Sana29.09.2024
Hajmi2,44 Mb.
#272925
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115
Bog'liq
6399d51a81c9c

O‘qitishning texnika vositalari 
deganda, o‘quvchilarning bilim, o‘quv 
hamda malakalarni o‘zlashtirishini osonlashtirish va uning samaradorligini oshirish 
hamda o‘qituvchining o‘quvchilarga bilim, o‘quv va malakalar berish, ularni 
mustahkamlash hamda tekshirib ko‘rish borasidagi mehnatni yengillashtirish 
uchun foydalaniladigan mexanikaviy qurilmalar jamlammasi tushuniladi. 
O‘qitishning texnika vositalari jumlasiga axborot berishda foydalaniladigan 
texnika (kinoproektor va diaproektorlar, epidiaskop, filmoskop, magnitofon hamda 
televizion qurilmalar va shu kabilar)gina emas, balki tegishli texnika bilan birga 
foydalaniladigan o‘ziga xos axborot eltuvchilarning o‘zi (kinofilmlar, diafilmlar, 
diapozitivlar, dasturlashtirilgan topshiriqlar tushirilgan teshik-teshik kartalar 
to‘plami va shu kabilar) ham kiradi.
O‘qitishning texnika vositalarining imkoniyatlari, metodlari va ishlatilishi 
usullari sinchiklab o‘rganilgandagina o‘quv jarayonida ulardan samarali 
foydalanish mumkin bo‘ladi. Har bir o‘qituvchi bu vositalardan foydalanishni 
bilishi, bu sohada tegishli bilim, o‘quv va malakalarga ega bo‘lishi kerak. O‘quv 
muassasalarida o‘qitishning texnika vositalaridan pedagogika jihatidan to‘g‘ri 
foydalanish uchun tegishli sharoit yaratilishi zarur. 


92 
Ba’zi chet el pedagoglari o‘quv jarayonida o‘qitishning texnika vositalaridan 
keng qo‘lamda foydalanish o‘qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis 
bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qituvchi tashkilotchi 
rolini bajaradi, o‘qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o‘qitish 
jarayonida faqat bilim berilibgina qolmay, o‘qituvchi shaxsining murakkab ta’siri 
amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o‘quvchining dunyoqarashi, xulq – 
atvor me’yorlari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo‘ladi. Bunga esa 
o‘qituvchining ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi: uning axloqiy prinsiplari chuqur 
bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intelektual 
aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz oqibat natijada o‘qitish 
va tarbiyalashda muvaffaqiyat qozonish mumkin bo‘lmaydi.

Download 2,44 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115




Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti kimyoviy va texnologiya kafedrasi

Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish