101
Texnologiyaning maqsadi:
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy
fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni
o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida,
mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda hamda amaliy mashg‘ulot
natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va
mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
-
qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki
g‘oya taklif etiladi;
-
har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari
yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:
-
ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy
tartibda taqdimot qilinadi.
«Nitrat kislota ishlab chiqarish» mavzusida “FSMU”
texnologiyasidan foydalanish
F
– Fikringizni bayon
eting
Kontsentrlangan (96–98% li) nitrat kislota ikki usul bilan suyultirilgan
nitrat kislota eritmasini kontsentrlash va azot oksidlaridan kislorod va suv
ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez qilish orqali olinadi
S
– Fikringizga biror
sabab ko‘rsating
Qaysi usul yurdamida yuqori kontsentratsiyali nitrat kislota olish
mumkin.
M
–
Fikringizni
isbotlovchi
misol
keltiring
Nitrat
kislotaning
suyultirilgan
eritmasi
bug‘latish
orqali
kontsentrlanadi. Bu jarayon natijasida faqatgina 68,4% li nitrat kislota olish
mumkin. Agar eritmani bug‘latish yana davom ettirilsa, eritmadan suv bilan
birga azot oksidlari ham uchib chiqa boshlaydi.
Nitrat kislota eritmasini sulfat kislota ishtirokida kontsentrlash ham
mumkin. Bunda nitrat kislota va kontsentrlangan sulfat kislota (kuporos
moyi) kolonnaning yuqori qismidan beriladi, pastki qismidan esa isitish
uchun suv bug‘i yuboriladi. Bu issiqlik natijasida nitrat kislota bug‘lanadi,
uning bug‘lari kolonna bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va sovitilganda 98% li
nitrat kislota hosil qiladi.
U