102
Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali
taqdim etish vositasidir. Grafikli organayzerlarni ishlab chiqishda avvalo mavzuga
oid ma’lumotlarni tarkiblashtirish, o‘rganilayotgan tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqliklarni o‘rnatish, usul va vositalarni to‘g‘ri tanlay olish zarur.
Grafikli organayzerlar (Klaster, B-B-B chizmasi,
T-chizma, Venn
diagrammasi, Kontseptual jadval,
Insert jadvali, “Nima uchun” chizmasi,
“Qanday?” diagrammasi, Baliq skeleti,
Toifalash jadvali, Nilufar guli va
boshqalar) – dars jarayonida mavzuga oid ma’lu-motlarni ko‘rgazmali taqdim etish
vositasi hisoblanadi. Darslarini tashkil etishda
mavzularga oid grafikli
organayzerlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor
qaratish lozim:
1. Mavzuga oid ma’lumotlarni tarkiblashtirish, o‘rganilayotgan tushunchalar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rnatish;
2. Mavzuga oid ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash;
3. Mavzuga oid qo‘yilgan
muammoni aniqlash, uni xal etish,
tahlil qilish,
rejalashtirish usul va vositalarini to‘g‘ri tanlay bilish.
Birinchi bosqichda talabalar mavzuga oid ma’lumotlarni tarkiblashtirish,
o‘rganilayotgan tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rnatishni
“Klaster”, “Toifalash jadvali”, “Insert”, “B/B/B” jadvali va boshqa usullar asosida
o‘rganadilar.
Ikkinchi bosqichda talabalar mavzuga oid ma’lumotlarni tahlil qilish,
solishtirish va taqqoslashni “T-jadvali”, “Venna diagrammasi”, “Zinama-zina” va
boshqa usullar asosida tahlil qiladilar.
Uchinchi bosqichda talabalar mavzuga oid qo‘yilgan muammoni aniqlash, uni
xal etish, tahlil qilish va rejalashtirish ishlarini “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”,
“Piramida”, “Nilufar guli”
sxemalari, “Qanday?” “Ierarxik diagrammasi”,
“Kaskad” tarkibiy-mantiqiy sxema va boshqa usullar asosida o‘rganadilar.